​Buyuk Britaniyaning Bodlean kutubxonasidan Navoiyning beshta qo`lyozmasi topildi

Madaniyat 07.12.2018, 11:35
​Buyuk Britaniyaning Bodlean kutubxonasidan Navoiyning beshta qo`lyozmasi topildi

10-11 dekabr kunlari O`zbekistonda “O`zbekiston madaniy merosi jahon to`plamlarida” loyihasining 2018 yil yakunlari va "Yo`l xaritasi-2019"ni ishlab chiqishga bag`ishlangan xalqaro multimedia forumi bo`lib o`tadi. O`zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari Milliy assosiasiyasi tashabbusi bilan o`tkazilayotgan ushbu nufuzli anjumanda mamlakatimizdan va dunyoning turli mamlakatlaridan300 dan ortiq olimlar, mutaxassislar, ekspertlar ishtirok etishi kutilmoqda.

Anjumanda xorijiy mamlakatlarning kutubxonalari, muzeylari, ilmiy muassasalari, shaxsiy kolleksiyalaridan topilgan yangi osori atiqalar haqida batafsil ma`lumot beriladi.

Ana shunday nodir topilmalardan biri mutafakkir Mir Alisher Navoiyning Buyuk Britaniyadan topilgan, uning tiriklik paytida ko`chirilgan noyob qo`lyozmalaridir. Bu haqda batafsilma`lumot olish uchun O`zEOAVMA raisi, “O`zbekiston madaniy merosi dunyo to`plamlarida” loyihasi rahbari Firdavs Abduxoliqovga murojaat qildik.


— Mazkur qo`lyozmalar “Hamsa” beshligi tarkibiga kirgan, alohida muqovalangan dostonlar bo`lib, XV asr oxiri–XVI asr boshlaridan Hirotda, temuriy shahzoda, Husayn Boyqaroning katta o`g`li Badiuzzamon Mirzo topshirig`iga ko`ra Alisher Navoiyga tuhfa qilish uchun ko`chirilgan, - deydi Firdavs Abduxoliqov. — Bu qo`lyozmalar Buyuk Britaniyaning Oksford shahridagi Bodlean kutubxonasidasaqdanmoqda. Biz bu erda faqat to`rtta dostonni topa oldik. Demak, ulardan yana biri qaerdadir bo`lishi kerak. Kitoblar juda chiroyli bezatilgan, alohida did va mahorat bilan ko`chirilgan. Qo`lyozmalar Navoiy asarlarining asosiy kotibiSulton Ali Mashhadiy tomonidan ko`chirilgan, miniatyuralar Kamoliddin Behzod tomonidan ishlangan bo`lishi haqiqatga yaqin. Hali bu asarlar tegishli mutaxassislar tomonidan jiddiy o`rganilishi, tadqiq etilishi lozim. Chunki biz bu topilmalar haqida taniqli navoiyshunos olimlarimizga aytganimizda,ular hayratda qolishdi. Demak, shu paytgacha bu qo`lyozmalar adabiyotshunoslarimiz uchun sir bo`lib kelgan. Biz kelgusida albatta buyuk bobolarimizga tegishli bu javohirlarning asliyatdan qolishmaydigan faksimile nusxalarini tayyorlab, Vatanimizgatuhfa etamiz.

Eslatib o`tamiz: 10-11 dekabr kunlari bo`lib o`tadigan xalqaro forum doirasida xorijiy mamlakatlardan saqlanayotgan “Katta Langar Qur`oni”, “Devoni Husayniy”, “Me`rojnoma”, “Zafarnoma”, “Temur tuzuklari”, “Ravzatus-safo” kitoblari namoyish etiladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1