1

Toshkentda O`zbekiston madaniy merosi targ`ibotiga bag`ishlangan forumga sanoqli kunlar qoldi

Madaniyat 05.12.2018, 10:24
Toshkentda O`zbekiston madaniy merosi targ`ibotiga bag`ishlangan forumga sanoqli kunlar qoldi

2018 yil 10-11 dekabr kuni Toshkentda “O`zbekiston madaniy merosi jahon to`plamlarida” loyihasining 2018 yil yakunlari va "Yo`l xaritasi-2019"ni ishlab chiqishga bag`ishlangan xalqaro multimedia forumi bo`lib o`tadi.

O`zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari Milliy assosiasiyasi bir qator davlat, jamoat va xalqaro tashkilotlar homiyligida o`tkazilayotgan mazkur forumda dunyoning turli mamlakatlaridan olimlar, ekspertlar, yirik muzeylar va kutubxonalar vakillari, mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishi kutilmoqda.

Ayni paytda xorijdan taklif etilgan ayrim olimlarning anjuman haqidagi fikrlari bilan qiziqdik.

Sharifjon Tojiboev, Xo`jand davlat universiteti dosenti, filologiya fanlari nomzodi:

— Men O`zbekiston madaniy merosini o`rganish, asrash va jahon miqyosiga keng targ`ib etishga qaratilgan ushbu nufuzli anjumanga taklif etilganimdan juda ham xursandman. Ta`kidlash joizki, o`zbek va tojik xalqlari asrlar davomida yonma-yon do`st-qadrdon bo`lib yashab kelishgan. Shu bois madaniy merosimizda mushtarak jihatlar anchagina.

Har ikki xalq tarixda ham, bugun ham bir-birining boy va betakror madaniyatidan bahramand bo`lib kelmoqda. O`zbek va tojik xalqlarining umumiy qadriyatlarini sanab sanog`iga etish qiyin. Masalan, “Shashmaqom” ikki xalqning buyuk musiqiy merosi sanaladi. Navro`z bayrami, palov oshi har xalqlarimizning teng madaniy merosi sifatida YuNESKO ro`yxatiga kiritilgan.

Bugun fan va texnika, zamonaviy axborot texnologiyalari shiddat bilan rivojlanib borayotgan bir paytda milliy qadriyatlar, madaniy meros namunalarini targ`ib etishga qaratilgan chora-tadbirlarni kuchaytirish katta ahamiyatga ega.

Voqif Sultonli, Boku davlat universiteti professori (Ozarboyjon)

— Ma`lumki, o`zbeklar dunyo sivilizasiyasiga munosib hissa qo`shgan qadimiy xalqlardan sanaladi. Shu bois, bu ko`hna zaminda yaratilgan madaniy yodgorliklar shu yurtning o`zidan qolib ketmagan, turli sabablarga ko`ra butun dunyo bo`ylab sochilib ketgan.

Bugun ko`plab mamlakatlarning kutubxonalarida, muzeylarida, madaniy-ma`rifiy muassasalarida O`zbekiston hududida yaratilgan osori atiqalar, bebaho san`at va adabiyot durdonalarini uchratish mumkin. Toshkentda o`tayotgan bu yirik xalqaro ilmiy anjumanda qatnashish men uchun beqiyos mamnuniyat bag`ishlaydi.

Ushbu forum nafaqat o`zbek xalqining madaniy merosi, balki jahon tamaddunining munosib xazinasiga aylangan tarixiy merosni asrab-avaylash, tadqiq etishda katta o`rin tutadi. Bugun dunyo turli siyosiy tebranishlar iskanjasida, urush va talafotlar girdobida turgan bir paytda O`zbekistonda ana shunday ibratli ishlar amalga oshirilayotgani tahsinga sazovor. Unutmaslik lozimki, O`zbekiston Turk dunyosining strategik markazi hamdir.

Bu xalqqa tegishli madaniy meros aslida butun turkiy xalqlar va elatlarning ham boyligi sanaladi.

Shu bois, O`zbekistonda o`tkazilayotgan bu xalqaro tadbir tarkiy xalqlar madaniyatini o`zgarish va targ`ib etishda muhim qadam hisoblanadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1