1

Bishkekda O`zbekiston kinosi kunlari o`tkazilmoqda

Madaniyat 04.12.2018, 21:41
Bishkekda O`zbekiston kinosi kunlari o`tkazilmoqda

Bishkekdagi “Manas” kinoteatri va Chingiz Aytmatov nomidagi kinochilar uyida O`zbekiston kinosi kunlari bo`lib o`tmoqda. Bu haqda “O`zbekkino” milliy agentligi matbuot xizmati xabar berdi.

O`zbekiston kinosi kunlari doirasida rejissyor Yolqin To`ychievning “Rishta”, Aleksandr Gamirovning “Ota uyi” kinokartinalari, shuningdek, O`zbekiston—Qirg`iziston kinoijodkorlarining qo`shma loyihasi asosida suratga olingan “Sarviqomat dilbarim” kinofilmining premerasi namoyish etildi.

Tadbirlarda Matyoqub Matchonov, Ulug`bek Qodirov kabi o`zbek aktyorlari ishtirok etmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1