1

Abu Dabi madaniy meroslar festivalida O`zbekiston ko`rgazmasi ochildi

Madaniyat 04.12.2018, 21:36
Abu Dabi madaniy meroslar festivalida O`zbekiston ko`rgazmasi ochildi

BAAning Abu Dabi shahrida 2 dekabr kuni Shayx Zayid nomidagi Abu Dabi madaniy meroslar festivali boshlandi. Festivalda eng kombinasiyalashgan o`zbek paviloniga tashrif buyurgan turistlar soni ko`pchilikni tashkil etmoqda.

Festivaldagi O`zbek paviloni Registon maydoni shaklida qurilgan. Yon-atrofidagi hujralarda hunarmandchilik, naqsh o`ymakorligi, gilamdo`zlik, so`zana tikish san`ati kabi o`zbek milliy madaniy meroslari ekspozisiyalari, miniatyura rassomlari o`rin egallagan. Turistlar o`zbek amaliy san`ati namunalarini qiziqish bilan tomosha qilishmoqda.

Festivalning ochilish marosimida sozandalar o`zbek milliy cholg`ulari: karnay, surnay, doira va nog`ora bilan musiqiy kompozisiyalarni ijro etishdi. Tashrif buyuruvchilar o`zbek maqomchilari ijrosida “Tanovar”ni tinglashdi.


Pavilonda o`zbek oshxonasi, meva va sabzavot mahsulotlari ham namoyish qilindi.

“Abu Dabi festivalidagi pavilonlar 2018 yil Shahrisabzda o`tkazilgan Xalqaro maqom san`ati forumidagi har bir viloyat uchun alohida tiklangan pavilonlarni yodga soladi, – deydi o`zbek delegasiyasi vakillaridan biri Sardor Babaev. – Maqom festivalida 14 ta pavilon 14 ta hududning o`ziga xos madaniyati, san`ati va an`analarini namoyon etgan bo`lsa, Abu Dabi festivalida o`sha pavilonlar yaxlit bir holda, O`zbekiston madaniyati va san`atini dunyoga tanishtirmoqda”.


Madaniy meroslar festivali 26 yanvargacha davom etadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1