1

Qo`qonda xalqaro hunarmandchilik festivali o`tkaziladi

Madaniyat 30.11.2018, 15:54
Qo`qonda xalqaro hunarmandchilik festivali o`tkaziladi

Hukumat qarori bilan Xalqaro hunarmandchilik festivalini o`tkazish tartibi to`g`risidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomga muvofiq, festival 2019 yildan boshlab, har ikki yilda bir marotaba sentyabr oyida Farg`ona viloyatining Qo`qon shahrida o`tkaziladi.

Festival Savdo-sanoat palatasi, “Hunarmand” uyushmasi va Farg`ona viloyat hokimligi tomonidan tashkil etiladi.

Festival doirasida “Hunarmandchilik va xalq amaliy san`atini rivojlantirish istiqbollari” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya, hunarmandlarning ko`rik-tanlovi, shuningdek xorijiy va mahalliy hunarmandlarning mahorat darslari tashkil etiladi.

Quyidagilar ko`rik-tanlov ishtirokchilarining mahoratlarini baholashda asosiy mezon hisoblanadi:

  • hunarmandchilik mahsulotlarining an`anaviy milliy xususiyatlari;
  • hunarmandchilik yo`nalishining jozibasi va tarovati, o`ziga xos uslub va maktabga egaligi;
  • hunarmandchilik mahsulotining tarixiy ildizga egaligi hamda o`z ahamiyatini yo`qotmaganligi.

Xalqaro hay`at tomonidan ko`rik-tanlov ishtirokchilarining mahsulotlari ko`rgazmasi va mahorat darslari 5 ta nominasiya bo`yicha baholanadi.

Festival doirasida o`tkaziladigan ko`rik-tanlov g`oliblari diplom, haykalcha va quyidagi miqdorda pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:

  • “Eng yaxshi hunarmand” nominasiyasi bo`yicha – 15 000 AQSh dollari;
  • “Eng yosh hunarmand” nominasiyasi bo`yicha – 10 000 AQSh dollari;
  • “Eng yaxshi hunarmandchilik maktabi ustasi” nominasiyasi bo`yicha – 10 000 AQSh dollari;
  • “Qadimiy sulola davomchisi” nominasiyasi bo`yicha – 5 000 AQSh dollari;
  • “Qadimiy hunarmandchilik turini tiklagan hunarmand” nominasiyasi bo`yicha – 5 000 AQSh dollari.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1