1

"O`zbekiston havo yo`llari": Info-turlar taklif etmoqda

Madaniyat 30.11.2018, 12:19
"O`zbekiston havo yo`llari": Info-turlar taklif etmoqda

"O`zbekiston havo yo`llari" Milliy aviakompaniyasi turizm sohasini rivojlantirish borasida yangiliklar joriy etmoqda. Xususan, chet el sayyohlik agentliklari, kompaniyalar, turoperatorlar va ommaviy axborot vositalari vakillari uchun turli info-turlarni tashkil etmoqda.

Kompaniya matbuot xizmatidan xabar berishlaricha, 23- 29 noyabr kunlari navbatdagi info-tur Malayziyaning etakchi sayyohlik kompaniyalari rahbarlari uchun o`tkazildi.

O`zbekistonga tashrif buyurgan Malayziyalik mehmonlar poytaxtimizning diqqatga sazovor joylari bilan tanishdi. Albatta, ular Samarqand va Buxoroda bo`lib, qadimiy me`moriy yodgorliklarning betakror go`zalligi va ulug`vorligidan bahramand bo`lish imkoniga ham ega bo`ldilar.

"O`zbekiston havo yo`llari" malayziyadagi sayyohlik kompaniyalari rahbarlari uchun tashkil etgan mazkur info-tur, shubhasiz, Janubiy-Sharqiy Osiyodagi mamlakatlarda O`zbekiston sayyohlik yo`nalishini yanada ommalashtirishga va sayyohlar oqimining ko`payishiga xizmat qiladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1