1

​PROlogue xalqaro kinofestivalida «O`zbek kinosi tarixi»ga sayohat qilindi

Madaniyat 27.11.2018, 14:53
​PROlogue xalqaro kinofestivalida «O`zbek kinosi tarixi»ga sayohat qilindi

“Yoshlar ijod saroyi”da PROlogue xalqaro kinofestivali «O`zbek kinosi tarixi» nomli fotoko`rgazmaning ochilishi bilan boshlandi.

Unda taniqli kinematograflar, aktyor va aktrisalar, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi.

Ekspozisiya kino ixlosmandlarining hammasini moziyga tomon boshladi.

Chunki ekspozisiyada o`zbek kinematografiyasi rivojlanishining 6 davri haqida hikoya qiladigan 70 ta fotosurat o`rin olgan.

Siz ushbu filmlarni ham, unda rol ijro etgan aktyor va aktrisalarni ham yaxshi taniysiz.

Fotoko`rgazmada «O`lim minorasi», «Ikkinchi xotin», «Qasam», «Boy ila xizmachi», «Mahallada duv-duv gap», «Toshkent – non shahri», «Shum bola», «Ettinchi o`q», «Siz kimsiz?», «Kelinlar qo`zg`oloni», «Vatan», «Sabot» va boshqa bir qator badiiy filmlarning suratlarga muhrlangan lahzalari aks etgan.

- Biz fotoko`rgazmani ko`rib, o`zbek kinosiga tamal toshini qo`yib ketgan buyuk san`atkorlarni, ustozlarimizni yana bir bor esladik. Bu filmlarning hammasi o`zbek kinosining oltin fondini tashkil qiladi hamda yoshlar tarbiyasida ham alohida o`rin tutadi. Bugungi festival faqat san`atkorlarniki emas, butun xalqimizniki, yoshlarniki, tomoshabinlarniki. Chunki festival doirasida juda ko`p tarbiyaviy ahamiyatga ega to`liq va qisqa metrajli fil`mlar namoyish etiladi, - dedi O`zbekiston xalq artisti Yodgor Sa`diev.

Ko`rgazma zaliga monitorlar o`rnatilib, unda fotosuratlar 3D formatida namoyish etildi.

O`zbekiston Yoshlar ittifoqi hamkorligida o`tkazilayotgan PROlogue xalqaro kinofestivali doirasidagi yirik loyihalar davom etadi.

Eslatib o`tamiz, fotoko`rgazma 29 noyabrga qadar bo`lib o`tadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1