O`zbekistonlik aktrisa xalqaro kinofestivalda gran-prini qo`lga kiritdi

Madaniyat 23.11.2018, 14:58
O`zbekistonlik aktrisa xalqaro kinofestivalda gran-prini qo`lga kiritdi

Feruza Saidova Qozog`istonning Olmaota shahrida o`tkazilgan xalqaro kinofestivalda «Eng yaxshi ayol roli uchun» gran-prini qo`lga kiritdi. Bu haqida «O'zbekkino» milliy agentligi axborot xizmati ma`lum qildi.

Qozog`istonning Olmaota shahrida bo`lib o`tgan Shaken Aymanov nomidagi xalqaro kinofestivalda Zulfiqor Musoqovning «Dadam betob» filmi ishtirok etdi.

Festivalda, «Dadam betob» filmida bosh rolni ijro etgan aktrisa Feruza Saidova «Eng yaxshi ayol roli uchun» nominasiyasida g`olib bo`ldi.

Mahoratli aktrisaga mukofotni yaqin kunlarda bo`lib o`tishi kutilayotgan “Berlin oqqo`rg`on” filmi taqdimot marosimida topshirish rejalashtirilmoqda.

Film sabr-toqat, matonat haqida hikoya qiladi. Kartinada bugungi ijtimoiy muammolar, hayotiy qarama-qarshiliklar ifoda etilgan. Og`ir xastalikka uchragan turmush o`rtog`ini oyoqqa turg`azish uchun shaharga kelib, kirakashlik qilgan Aziza, hayotda ko`p bor nohaqliklarning qurboniga aylanib, oxir-oqibat jinoyat ko`chasiga kirib qolgan Pokiza kabi obrazlarning taqdiri misolida hayotiy muammolar ochib berilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1