1

PROlogue xalqaro kinofestivali doirasidagi tadbirlar o`tkaziladigan joylar ma`lum qilindi

Madaniyat 21.11.2018, 14:13
PROlogue xalqaro kinofestivali doirasidagi tadbirlar o`tkaziladigan joylar ma`lum qilindi

27-30 noyabr kunlari Toshkentda IV PROlogue xalqaro kinofestivali bo`lib o`tadi.

27 noyabr kuni Yoshlar ijod saroyida kinofestival direksiyasi vakillari, hakamlar hay`ati va OAV xodimlari ishtirokida asosiy matbuot anjumani tashkil etiladi.

Shu kuni soat 18.00 da Alisher Navoiy nomidagi davlat akademik katta teatrida PROlogue kinofestivalining tantanali ochilish marosimi bo`lib o`tadi. Tadbirda “Scorpion” filmining gala - premerasi o`tkaziladi.

27 dan 30 noyabrgacha kinofestival doirasida Yoshlar ijod saroyida qisqa metrajli filmlar namoyishi, Premier Hall kinoteatrida esa tanlov doirasida to`liq metrajli filmlar taqdimoti o`tkazilishi rejalashtirilgan. Xalqaro kinofestivalning barcha mehmonlari LOTTE City Hotel Tashkent Palace mehmonxonasiga joylashtiriladi.

PROlogue - 2018 kinofestivalining yopilishi marosimi 30 noyabr kuni soat 18.00 da Alisher Navoiy nomidagi davlat akademik katta teatrida bo`lib o`tadi.

Joriy yilda PROlogue kinofestivalida 13 ta davlat, jumladan, AQSh, Koreya, Polsha va boshqa mamlakatlar vakillari o`z filmlarini namoyish etishadi.

Barcha xohlovchilar qisqa va to`liq metrajli kartinalar namoyishiga tashrif buyurishlari mumkin. Kirish bepul.

Mazkur tadbir O`zbekiston Yoshlar ittifoqi, “O`zbekkino” milliy agentligi, Toshkent shahar hokimligi, Kinematografiyani rivojlantirish markazi, Yosh kinematograflar kengashi va O`zbekiston Milliy kinokomissiyasi hamkorligida tashkil etilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1