O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan o`zbek milliy maqom san`atini yanada rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar doirasida “Maqom” nomli kitob-albom nashr etildi, deb xabar bermoqda Prezident matbuot xizmati.
O`zbek xalqining noyob musiqiy merosini asrab-avaylash va kelgusi avlodga bezavol etkazishga xizmat qiluvchi ushbu nashr qadimgi mutafakkirlar, alloma va shoirlarning maqom san`atiga bag`ishlangan risolalariga oid bo`limlarni o`z ichiga olgan.
Kitobda mazkur san`atning falsafasi, Forobiy, Ibn Sino, Marog`iy, Kavkabiy kabi allomalar asarlari, turli maqom yo`llari, jumladan, Buxoro Shashmaqomi, Xorazm Olti yarim maqomi va Dutor maqomi, Farg`ona-Toshkent maqomi tarixiga alohida e`tibor qaratilgan. “Tanbur chizg`ilari” deb nomlangan milliy nota yozuvining kashf etilishi hamda uning vositasida Olti yarim maqom, Dutor maqomlarining notalashtirilishi, shu bilan birga, o`tgan asr boshlarida maqomning ilk bora perfokartalarga muhrlanishi yoritilgan. Shuningdek, maqom ijrochiligida keng qo`llaniladigan sozlarni yasashning o`ziga xos xususiyatlari va texnologiyasi bayon etilib, mashhur ustalarning nomlari keltirilgan.
O`zbekistonning turli hududlari madaniy taraqqiyotida maqomning tutgan o`rni va maktablarini aks ettiruvchi betakror, keng ko`lamli fotokompozisiyalar bilan bezalgan nashrda mazkur yo`nalishdagi san`atning so`nggi yuz yillik tarixiga oid nodir fotosuratlar ham o`rin olgan.
Kitob-albomga “Shashmaqom. Oltin bisot” nomli multimedia to`plami ilova qilingan bo`lib, ushbu audiokolleksiya akademik Yunus Rajabiy boshchiligida tashkil etilgan “Maqom” ansambli tomonidan 1959-1963 yillari ijro etilgan va O`zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining Oltin fondida saqlanib kelmoqda.
Ta`kidlash joiz, 2017 yil 17 noyabrda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “O`zbek milliy maqom san`atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarori qabul qilingan edi. Mazkur hujjatda o`zbek maqom san`atini chuqur o`rganish uchun zaruriy shart-sharoit yaratish, o`ziga xos ijro maktablari va an`analarni ravnaq toptirish, maqom “oltin fondi”ni yaratish va boyitish, xalqaro nufuzini oshirish va keng targ`ib qilish ko`zda tutilgan. Asosiy vazifalar qatorida Shahrisabz shahrida an`anaviy tarzda Xalqaro maqom san`ati forumini o`tkazish hamda O`zbek milliy maqom san`ati markazi faoliyatini tashkil etish belgilangan.
Joriy yilda birinchi marta muvaffaqiyatli ravishda o`tkazilgan Xalqaro forumga dunyoning 70 dan ziyod mamlakatidan san`atkorlar, musiqashunos-olimlar va tadqiqotchilar, xalqaro ekspertlar tashrif buyurdilar.
21.02.2024, 17:28
Xabaringiz bor, 2024 yil 1 fevral kuni “Pedagogning maqomi to`g`risida”gi Qonun imzolandi. Undagi pedagoglar uchun eng asosiy o`zgarishlardan biri – endi maktabga yangi ishga kirgan...13.02.2024, 09:36
Tvitterda Majin Bu taxallusi ostida yashiringan taniqli Apple insayderi yangi avlod iPhonelari haqida yangi ma`lumotlar bilan bo`lishdi. Insayder xabaridan ma`lum bo`lishicha, kompaniya bir vaqtning o`zida...17.11.2023, 09:49
3 yildan beri “Barkamol avlod” bolalar maktabining robototexnika to`garagiga qatnaydigan Ozodbek Hoshimov odamlarni is gazidan saqlab qoladigan ixtiro yaratdi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta`limi...16.11.2023, 12:40
Avvalroq, Toshkent viloyatidagi to`yda vertolyotdan foydalangani aks etgan video tarmoqlarda tarqalgan edi. Toshkent viloyati IIBB Yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasi mazur holat bo`yicha ma`lumot taqdim etdi. Ma`lum qilinishicha, IIBB...