1

O`zbek kino olamining eng mashhurlari jamlangan «Vasiyat» filmining premera kuni ma`lum bo`ldi

Madaniyat 20.11.2018, 15:24
O`zbek kino olamining eng mashhurlari jamlangan «Vasiyat» filmining premera kuni ma`lum bo`ldi

Rejissyor Said Muhtorov tomonidan suratga olingan «Vasiyat» filmining premera kuni ma`lum bo`ldi. Filmning keng jamoatchilik uchun mo`ljallangan premerasi 22 noyabr kuni Alisher Navoiy nomli kino saroyida bo`lib o`tadi.

Mazkur filmda o`zbek kino olamining eng reytingi baland aktyor-aktrisalar jamoasi jamlangan. Filmda O`zbekiston xalq artisti Ubaydulla Omon, Javohir Zokirov, Dilnoza Kubaeva, Ulug`bek Qodirov, Zarina Nizomiddinova, Sitora Farmonova, Said Muhtorov, Luiza Rasulova singari aktyor va aktrisalarni ko`rishingiz mumkin.


Real voqealarga asoslangan filmning suratga olish ishlariga tayyorgarlik jarayonlari 2017 yildan boshlangan bo`lib, filmning montaj jarayonlari 2018 yilning noyabr oyida nihoyasiga etdi.

Filmning 22-noyabr kuni Alisher Navoiy nomli kino saroyida bo`lib o`tadigan premerasiga katta tayyorgarlik ko`rilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1