​Do`lananing 7 foydasi

Salomatlik 08.11.2018, 11:09
​Do`lananing 7 foydasi

Zamon tabobatida ham do`lananing mevasi, bargi, shoxlari va gulidan foydalanib kelinmoqda. U yurak-qon tomir kasalliklarini oldini olish va davolashda hamda asabni tinchlantiruvchi, qon bosimini pasaytiruvchi dori sifatida ishlatiladi.

Bo`g`imlar uchun: Do`lana ekstrakti artrit va podagra kasalliklarida foydalidir. U bo`g`imlarni jarohatlardan ximoya qilishga va og`riqsiz harakatlanishiga yordam beruvchi oqsil va kollagenni organizmda ushlab turadi. Do`lanani iste`mol qilish ushbu kasalliklarni davolash va oldini olishda asqatadi.

Yurak-qon tomirlari uchun: Uning ekstrakti tufayli yurak etishmovchiligini, ko`krakdagi og`riqlarni, aritmiyani engish, qon bosimini tushirish, aterosklerozdan xalos bo`lish va xolesterin miqdorini kamaytirish mumkin. Do`lana qon tomirlarini kengaytirib, qon aylanishini ham yaxshilaydi.

Asab tizimi uchun: Do`lana tarkibidagi fermentlar organizmdagi gormonlarga ham ta`sir qiladi. Bu esa depressiya, surunkali charchoq va asabiylashish asoratlarini engishga yordam beradi.

Do`lana ekstraktini qabul qilish xavotirni yo`qotadi. Shu sababli, u ko`p yillar davomida tabiiy tinchlantiruvchi vosita sifatida qo`llanilgan. U uyqusizlik va asabiylashishdan xalos etib, organizm faoliyatini yaxshilaydi.

Oshqozon ichak yo`llari uchun: Do`lana tarkibidagi organik birikmalar va kletchatkalar ichak mikroflorasi bilan birga aloqaga kirishadi va uning faoliyatini yaxshilaydi. Shuningdek, do`lana ovqat xazm bo`lishiga va egulikni oshqozonda maydalanishiga yordam beradi. Metabolizmni oshiradi, ichni yumshatadi, spazm, qorin dam bo`lishini yo`qotadi. Ichak infeksiyalari bilan ham kurashadi. Do`lana yordamida soliter va tasmasimon parazitdan halos bo`lish mumkin.

Buyrak va siydik yo`llari uchun: Do`lana diuretik vositalar qatoriga kiradiva organizmdagi ortiqcha suyuqlikdan xalos bo`lishga ko`maklashadi. U buyrak faoliyatini faollashtiradi va peshobdagi tuzlarni ajralib chiqishini kuchaytiradi. Buyrak kasalliklarini davolashda va siydik qopining faoliyatini yaxshilashda as qotadi.

Teri qatlami uchun: uning tarkibida antioksidantlar mavjudligi uchun yara, ekzema, psoriaz, kuygan jarohatlarni davolashda qo`llaniladi. Yallig`lanish va qichishishni yo`qotib, jarohatlarni tez bitishiga yordam beradi.Keksalarda uchrovchi yoshga oid dog`larni va ajinlarni paydo bo`lishini oldini oladi.

Immunitet uchun: do`lana organizmdagi toksinlarni chiqarib yuboradi. Tarkibidagi S vitamini leykositlar ni faollashtiradi va immun tizimini yaxshilaydi.

Mevaning nojo`ya ta`siri ham mavjud bo`lib, quyidagi hollarda do`lanani iste`mol qilib bo`lmaydi.

  • Yurak kasalliklarini davolashga mo`ljallangan dorilar bilan birga qo`llash.
  • Jarrohlik amaliyotidan oldin va keyin.
  • Do`lanani och qoringa iste`mol qilish mumkin emas. Chunki, u ichakni spazm qilib qayt qildiradi.
  • Bu mevani egandan keyin ustidan sovuq suv ichish ham zararli, aks holda u me`da-ichak sanchig`iga sabab bo`lishi mumkin.
  • Uni ortiqcha iste`mol qilish buyrakka zarar bo`lib, me`da-ichakni zaiflashtirib, qulanj (kolit) xastaligi, ko`ngil aynishi, qayt qilishni paydo qiladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1