1

Marhuma xonandaning eng so`nggi intervyusi va hamkasblarining xotiralari

Shou-biznes 06.11.2018, 15:32
Teglar: Foto, xotira
Marhuma xonandaning eng so`nggi intervyusi va hamkasblarining xotiralari

“Kishmish qo`shib bol beraman – esangiz. Yuragimdan joy beraman – kelsangiz...” Ushbu so`zlar bilan estrada yo`nalishida o`z dastxatini qoldirgan Xorazm vohasi vakili Aziza Niyozmetova 14 oktyabr kuni 46 yoshida bu foniy dunyoni tark etdi...

San`atda o`z o`rniga ega ijodkorni xotirlab do`st va hamkasblari bilan suhbatlashdik...

“BO`LDI, O`ZIM UChUN YaShAYMAN” DEB, ENDI TIN OLMOQChI EDI...”

Tolib ISROILOV, boshlovchi va xonanda: — Aziza Niyozmetova bilan bir zamon va davrning ijodkorlari bo`ldik. Ilgari faqat salom-alik qilardik, xolos. So`nggi uch-to`rt yil ichida esa munosabatlarimiz mustahkamlandi. Uzoq safarda yuzlashib, shundan so`ng yaqin do`st, aka-singilga aylanganmiz. Shu kungacha oilaviy bordi-keldi qilardik. U yaxshi hamroh, dilkash suhbatdosh edi. Shou-biznesning qonunlari biroz qiyin, hatto beshafqat, desak ham xato bo`lmaydi. Ana shu yozilmaganqoidalarga bo`ysunib yashagani uchun u biroz qo`pol, cho`rtkesar, ayrimlarning fikricha esa o`ziga bino qo`ygandek ham edi. Biroq uning yaqin do`sti sifatida, aslida mehribon, yumshoq va samimiyligini bilardim, ko`rganman. Mardligi esa har bir aytgan so`zidan bilinib turardi. O`zi “Men shunday bo`lishga majburman, bu sohada ushlagan joyni kesmasang, ishlash qiyin. Hammaga yaxshi ko`rinishning iloji yo`q” deb ko`p aytardi. Doim shunday kuchli irodasi bilan kurashardi.

Azizaning aka-ukasi yo`q. U ota-onasiga o`g`il, singillariga aka bo`lib yashadi. Farzandlari uchun elib yugurardi... Bilasizmi, u so`nggi paytlarda ishdan, yangi qo`shiqlarni el-yurtga tanitib, reklama qilishdan charchagandi. Ayollik baxtini istab, “Bo`ldi o`zim uchun yashayman” deb, endi tin olmoqchi edi. Biroq bu betoblik uni holdan toydirdi. Saraton haqida biroz kech angladik, afsus...

To`g`risi, kechagina Xorazmda uni so`nggi yo`lga kuzatib qaytdik va men uchun Aziza haqida o`tgan zamonda gapirish juda og`ir bo`layapti (biroz sukut saqlab). Ammo taqdiri shunday ekan. Alloh bergan risq tugaganda biz bandalarning qo`lidan hech narsa kelmaydi. Bunga ko`nikishdan boshqa choramiz yo`q. Do`stim endi xotiralarimizda mangu yashaydi.

“YIG`LAB-YIG`LAB GAPLAShGANDIM...”

Oypopuk EShONXONOVA, xonanda: — Hayotni sevuvchi, kurashishdan charchamaydigan inson edi. Shu kasallikka chalingandan keyin ham davo izlamagan joyi qolmadi. Hindistonga ham borib keldi. Oxirgi marotaba gaplashganimizda men Andijonda edim. Qo`ng`iroq bo`ldi, to`g`risi go`shakda gapirayotgan inson Aziza ekaniga umuman ishonmadim. Ovozi o`zgarib qolgandi. O`ziga bildirmay, rosa yig`lab-yig`lab gaplashgandim. Chunki ko`z oldimda yayrab, yashnab yurgan dugonamning sog`lig`idagi bu muammo mening ham dardim edi (yig`lab yubordi). O`shanda, “Andijonda bir tabib bor ekan, ana shuning ko`rigiga borsam degandim, tanishlaringdan so`rab surishtirib ber. Bormoqchiman” dedi. O`sha zahoti hamma ishimni yig`ishtirib o`sha iltimosini bajardim. Orada 1-2 kun o`tgach, Toshkentga kelib qo`ng`iroq qilsam, javob bermadi. Keyin bilsam, Toshkentga kelganida tobi qochib, yana Xorazmga qaytib ketgan ekan. Oradan yana vaqt o`tib gaplashdik. “Xorazmning havosi menga yoqyapti, o`zimga kelib qoldim” dedi. Sog`lig`i yaxshi ekanini eshitib xursand bo`lgan edim. Ammo... (yig`lab yubordi) Quvonchimiz uzoqqa cho`zilmadi... Ming afsus, janozasiga etib borolmadim. Biroq qaerda bo`lsak ham haqqiga duodamiz. Qolgan umrini farzandlariga qo`shib bersin, ilohim. Oxirati obod bo`lsin!

“O`ZINI HECh QAChON AYaMAGAN”

Anvar SOBIROV, xonanda: — Bu ayol haqida gapirganda uning mardligini tilga olmasdan iloj yo`q. Juda e`tiborli inson edi. Yoz oyi edi, xastaligini bila turib, boshqalarning ko`ngli u yoqda tursin, o`zining qalbiga malham topolmayotgan bir paytda tug`ilgan kunimda qo`ng`iroq qilib, ijtimoiy tarmoqdan ham alohida e`tibor qilib tabriklagandi. To`g`risi, o`shanda bunday mehrdan boshim osmonga etgandi. Shu yilning boshida katta akam og`ir betob bo`lib qolganidan xabaringiz bor. O`sha payt, Aziza opaning o`zi ham xasta edi. Shunga qaramay, xonadonimizga kelib akamning holini so`rashga kuch topa olganidan hayratga tushgandim. Bu voqeaning o`ziyoq bu ayolning asli qanday ekanini, mehri qay darajada yuqori bo`lganni aytib turibdi, deb o`ylayman.

Xorazmliklarning shevasi bilan aytganda, Aziza opa tanti, derdik. Nima yordam so`rab bormang, o`zining har qanday muhim ishini chetga surib, qo`lidan kelganini qilardi. Birovninghojatini chiqarish uchun o`zini hech qachon ayamagan.

Bugun oradan vaqt o`tgan bo`lsa ham, hali o`zimga kelolmayapman. Xuddi yomon tush ko`rayotgandekman. Allohning ishlari ekan, nachora. Ortida qolgan ota-onasi va farzandlariga ulkan sabr tilayman. Yotgan joyi jannat bo`lsin!

Ona bo`lganda onaning qadrini bilasan, deyishadi. Ammo ana shu hisni tuygan payt onaning mexridan judo bo`lish kabi og`ir dard yo`q bo`lsa kerak. Nilufar rahmatli xonandaning to`ng`ich qizi. U bugun ortidagi uka-singillariga bosh bo`lishi, farzand dog`ida azoblanayotgan bobo-buvisiga ham madad bo`la olish uchun kuch topishi kerak. Maqolani tayyorlash davomida Nilufar bilan bog`lanishga urindik. Ammo oiladagi og`ir vaziyat, tushkunlik bunga imkon bermadi...

ENG SO`NGGI INTERVYuDAN

— Muxlis bugun sizga chalgan qarsagini ertaga boshqasiga ham chaladi. Ularni bevafo, deyishadi...

— Gapingiz to`g`ri. Biroq men muxlislarimning haqiqiy mehrini qozonganman. Va bu e`tiborini saqlab qolganman.

— Aziza opa, eshitishimizcha, jurnalistika yo`nalishi bo`yicha o`qishni boshlabsiz?

— O`zbekiston Milliy Uneversitetning jurnalistika yo`nalishi bo`yicha o`qishga kirgandim. Ammo akademik ta`tilga chiqishga majbur bo`ldim. Oila, farzandlarim, ijod, xizmatlar hammasiga umuman vaqt topolmadim. Har kuni o`qishga borib, tayyorlanish juda qiynab qo`ydi. Biroq qiziqishim so`nmagan. Albatta o`qishimni davom ettiraman...

— Nabirangiz haqida ham gapirib bering.

— Birinchi marta buvi bo`lganimni eshitganimda Namangan gastrolida yurgan edim. O`sha payt qudam, buvi bo`lganimizni aytganida o`zimda yangi hislarni tuya boshlaganman. Chaqaloq endi tug`ilgan, mendan uzoqda bo`lsa ham unga bo`lgan o`zgacha hislar qalbimni egallagan. Hozir esa har buvijon deganda o`sha kunlardagi tuyg`ularni qayta-qayta his etaveraman. Uyimga kelganda iloji boricha birga vaqt o`tkazishga harakat qilaman. Turli o`yingohlarda kunimiz qanday o`tganini sezmay qolamiz.

— Juda bolajonsiz...

— Olti farzandim bor. Ulardan to`rt nafari o`zimniki. Ikki nafari esa o`z qaramog`imga olganman. 44 yoshimda kenja qizimni tuqqanimdan keyin sog`lig`imdagi ba`zi xastaliklardan voqif bo`ldim. Men uchun farzandlardan aziz ne`matning o`zi yo`q. Shuning uchun ba`zi odamlarning gap-so`zi, hayratidan cho`chib, ulardan voz kechmayman. Xudo menga onalik baxtini taqdim etayotgan ekan, ularni albatta dunyoga keltiraman.

— Ortingizga nazar tashlaganingizda qaysi xatolaringizni ko`rasiz?

— Agar hammasi o`zimning qo`limda bo`lganda ijod qilishni ertaroq boshlagan bo`lardim. Institutni tamomlaganimda onam, “Bizning oiladan san`atkor chiqmagan. Turmushga chiqasan, farzandli bo`l, keyin turmush o`rtog`ing ruxsat bersa, nima qilsang qil!” deb aytganlar. O`shanda onamga quloq tutib oilani tanlaganman. Xudoga shukur, oilali bo`lib farzandlarimni dunyoga keltirganman. Biroq san`atda biroz vaqt yutqazib qo`yganman, deb o`ylayman. Biroz erta boshlaganimda balki, bugun hammasi boshqacha tus olgan bo`lardi...

Marhuma Aziza Niyozmetovaning to`ng`ich qizi Nilufar 25 yoshda, Doston 22 yoshda, Miraziz 19 yoshda, Diyora 13 yoshda, Amira 4 yoshda va eng kichkina qizalog`i Madina 2,5 oylik.

Aslida inson umrining hisobi yillar emas, undagi quvonchli kunlar, izdoshlari bilan belgilanadi, deyishadi. Do`stlarining izohida mard, deya ta`riflangan Aziza Niyozmetova 46 yoshida oramizdan ketgan bo`lsa-da, farzandlari, muxlislari xotirasida uzoq yillar davomida yashashiga ishonamiz.

Aziza Niyozmetovaning yaqinlari va oila a`zolariga tahririyatimiz nomidan sabr tilaymiz...

Aliya Sulaymonova

Sharhlar

U nega qamalganini ochiqladi

01.04.2024, 16:31

Ijtimoiy tarmoqlarda Solixon domla nomi bilan tanilgan Solixon Ortiqxo`jaev 15 sutkaga qamaldi. Bu haqda Toshkent shahar sudlari Darakchi.uz ga xabar berdi.2024 yil 30 mart Toshkent...
Pedagoglarni 3 yil kuttirgan qonun nihoyat imzolandi

21.02.2024, 17:28

Xabaringiz bor, 2024 yil 1 fevral kuni “Pedagogning maqomi to`g`risida”gi Qonun imzolandi. Undagi pedagoglar uchun eng asosiy o`zgarishlardan biri – endi maktabga yangi ishga kirgan...
⚡️iPhone 16 ko`rinishi e`lon qilindi

13.02.2024, 09:36

Tvitterda Majin Bu taxallusi ostida yashiringan taniqli Apple insayderi yangi avlod iPhonelari haqida yangi ma`lumotlar bilan bo`lishdi. Insayder xabaridan ma`lum bo`lishicha, kompaniya bir vaqtning o`zida...
Vayron bo`lgan uylar, jarohat olgan odamlar va ularga yordam berayotgan xodimlar… Sergelida otgan mash`um tong (fotojamlanma)

29.09.2023, 00:10

Bugun, 28 sentyabr kuni soat 02:43 da Toshkent shahar Sergeli tumani "Quruvchilar" dahasida joylashgan omborxonalarning birida kuchli chaqnash oqibatida yong`in sodir bo`lgani haqida xabar bergan...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1