1

Bemorlarga psixologdan 7 tavsiya

Salomatlik 06.11.2018, 13:44
Bemorlarga psixologdan 7 tavsiya
  • Hayotingizdagi har bir murakkab vaziyatga bu vaqtinchalik deb qarang. Tushkunlik sizni o`z domiga tortishiga yo`l qo`ymang. Ana shunda murakkab vaziyatdan chiqib ketishingiz oson bo`ladi.
  • Xastalik bezovta qilayotgan mahal umidsizlikka berilmang. Toki yuragingiz urib turgan ekan, demak, yashashga, yashaganda ham chiroyli yashashga umid bor! Shu haqiqatni unutmang! Xunuk o`ylar bostirib kelsa, darrov o`zingizni chalg`iting-da, o`rnini ijobiy fikru xayollar bilan to`ldiring.
  • Imkon qadar ko`proq harakatda bo`lishga intiling. Sport bilan shug`ullanolmagan taqdiringizda ham piyoda ko`proq yuring. Organizmda qon aylanishi yaxshilansa, kayfiyat ko`tariladi, demak, sog`liq tez tiklanadi.
  • Toza havodan to`yib-to`yib, chuqur-chuqur nafas oling. Vujudingiz kislorodga to`yinsa, ancha engil tortasiz.
  • Kitob o`qing. Iloji bo`lsa, psixologiyaga oid optimistik ruhdagi asarlarni mutolaa qilsangiz, irodangiz yanada mustahkamlanadi.
  • Duoga qo`l oching, Yaratgandan astoydil madad so`rang. Bu ham o`ziga xos meditasiya, ya`ni kelajakka ishonch hissini uyg`otuvchi sinalgan usul.
  • Yomonlikni unuting, yaxshilikni esa hech qachon unutmang!

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1