1

Keksayishni sekinlashtiruvchi birikma aniqlandi

Salomatlik 05.11.2018, 10:16
Keksayishni sekinlashtiruvchi birikma aniqlandi

Shokolad, choy kofe va vinoning tarkibidagi gidroxinonning ruhli birikmasi insondagi keksayish jarayonini sekinlashtiradi.

Germaniyaning Erlangen-Nyurnberg universiteti olimlari shunday xulosaga kelishdi.

Tadqiqot natijasini Phys.org portalida e`lon qilgan mutaxassislarning ta`kidlashicha, ruh inson tanasidagi oksidlanish ortishiga, nafas olish jarayonida hujayralardagi superoksid paydo bo`lishiga to`sqinlik qiluvchi gidroxinonlarni faollashtiradi. Superoksid esa biomolekulalarga zarar keltiradi, deydi olimlar.

Eslatib o`tamiz, amerikalik olimlar oktyabrda ketogen dieta keksayish jarayonini sekinlashtirishini kashf qilgandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1