1

Naqd pul tushumi va inkassasiya xizmati: O`zbekistonda yangi qulayliklar joriy etiladi

Iqtisodiyot 01.11.2018, 08:43
Naqd pul tushumi va inkassasiya xizmati: O`zbekistonda yangi qulayliklar joriy etiladi

Tovar bozorlarida savdoni yanada erkinlashtirish va raqobatni rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risidagi prezident farmoni qabul qilindi.

“2018 yil 1 noyabrdan boshlab naqd pul tushumini topshirish va undan foydalanishning quyidagilarni:

- eng kam oylik ish haqining 20 baravaridan ortiq miqdorda kunlik o`rtacha naqd pul tushumi bo`lgan xo`jalik yurituvchi sub`ektlar naqd pulni bank kassalariga inkassasiya xizmatlari orqali yoki mustaqil ravishda kunlik topshirish imkoniyati;

- eng kam oylik ish haqining 20 baravaridan ortiq miqdordan kam bo`lgan kunlik o`rtacha naqd pul tushumiga ega xo`jalik yurituvchi sub`ektlar naqd pulni bank kassalariga inkassasiya xizmatlari orqali o`zlari belgilagan davrlarda yoki mustaqil ravishda topshirishi imkoniyati;

- qonun hujjatlarida belgilangan tartibda muqobil inkassasiya xizmatlarini tashkil etgan holda naqd pul tushumini faqat O`zbekiston Respublikasi Markaziy bankining inkassasiya xizmati orqali topshirishni bekor qilish;

- yuridik shaxslar, shuningdek, yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan naqd pulsiz hisob-kitoblarni oldi-sotdi shartnomalarini tuzmasdan invoys (hisob-faktura) berish orqali korporativ bank kartochkalaridan foydalangan holda amalga oshirilishini nazarda tutuvchi tartibini joriy etish haqidagi takliflariga rozilik berilsin”, - deyilgan prezident farmonida.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1