1

Obligasiyalarni tijorat banklari o`rtasida joylashtirish auksion orqali amalga oshiriladi

Iqtisodiyot 29.10.2018, 10:49
Obligasiyalarni tijorat banklari o`rtasida joylashtirish auksion orqali amalga oshiriladi

O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki obligasiyalarining chiqarilishi va muomalada bo`lishi tartibi to`g`risidagi nizomni tasdiqlash haqidagi qaror Adliya vazirligida davlat ro`yxatidan o`tkazildi. Bu haqida vazirlikning “Huquqiy axborot” kanali ma`lum qildi.

Qaror bilan tasdiqlangan nizomga muvofiq, Markaziy bank obligasiyalari bu – obligasiya egasiga belgilangan muddatda foiz hisobida kuponli daromad olish huquqini beruvchi elektron shaklda chiqariladigan emissiyaviy qimmatli qog`ozlar ekanligi belgilandi.

Nizomga ko`ra, obligasiyalar kreditlar uchun garov ta`minoti va REPO (obligasiyalarni belgilangan muddat va narxda qayta sotib olish majburiyati bilan sotish bo`yicha ikki tomonlama harakat) bitimlarida oldi-sotdi ob`ekti bo`lishi mumkin.

Obligasiyalar chiqarilishi alohida emissiya tarzida amalga oshiriladi. Har bir chiqarilgan emissiyaga o`n belgili razryaddan (X1X2X3X4X5X6X7X8X9X10) iborat identifikasion raqam beriladi va Global sertifikat bilan rasmiylashtiriladi.

Birinchi razryad (X1) – “2” raqami qimmatli qog`ozning turini ko`rsatadi.

Ikkinchi razryad (X2) - qimmatli qog`ozning muomala davrini ko`rsatadi:

• “1” - uch oy muddatga;

• “2” - olti oy muddatga;

• “3” - to`kkiz oy muddatga;

• “4” - o`n ikki oy muddatga muomalada bo`lgan obligasiyalar uchun.

Obligasiyalarni tijorat banklari o`rtasida joylashtirish auksion savdolari orqali amalga oshiriladi.

Auksion savdolari ikki xil usulda o`tkaziladi:

• “amerikacha” usul - raqobatli buyurtmalar ularda taklif etilgan foiz stavkalari bo`yicha qondiriladi;

• “gollandcha” usul - raqobatli buyurtmalar chegirish foiz stavkasi buyicha qondiriladi.

Obligasiyalarni saqlash va ularga bo`lgan huquqlarning hisobini yuritish valyuta birjasida ochilgan “depo” hisobvaraqlarida olib boriladi.

Obligasiyalar ularning muomala davri tugagan kundan keyingi ish kunida so`ndiriladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1