1

Dilso`z uchinchi bor ona bo`lishi, yangi albom taqdimoti va biznes rejasi haqida so`zladi

Shou-biznes 29.10.2018, 10:46
Teglar: Foto, Dilso`z
Dilso`z uchinchi bor ona bo`lishi, yangi albom taqdimoti va biznes rejasi haqida so`zladi

Uning qo`shiqlari tinglovchilar ko`nglidan chuqur joy egallagani rost gap. Biroq bu gal Dilso`z bilan ijod haqida gaplashish uchun uchrashmadik. Xonanda farzand kutyapti. Nasib etsa, u uchinchi bor ona bo`ladi!

— Farzand kutayotganingizni eshitib, xursand bo`ldik. Tug`ilajak farzandingizni eson–omon bag`ringizga olish nasib qilsin!

— Tashakkur! Farzand ko`rish istagidagi har bir ayolga bu ulkan orzusi amalga oshishini tilab qolaman! Aslida ham, biz, ayollarga berilgan eng buyuk ne`mat – bu onalik maqomi. Rostini aytsam, yana farzand ko`rish haqida o`ylamagan edik. Bolalarimiz hali kichik, ularni katta qilib olamiz, deyayotgandik. Yaratganning marhamati ekan, uchinchi bor ona bo`lish nasib etadigan bo`ldi. Bundan juda ham xursandman.

— Bolalarim kichik deyapsiz, mehringiz, e`tiboringiz bo`linib qolishi o`ylantirmayaptimi?

— Yo`q. Bu haqida o`ylamadim ham. Ayol sifatida boshqa narsalardan voz kechsam ham farzandlarimga birdek mehr ko`rsata olishimga ko`zim etadi. Nazarimda, har bir ona bu fikrimga qo`shiladi.

— Homiladorlik davri qanday o`tyapti?

— Aksariyat dugonalarim homiladorlik toksikozidan qiynalishadi. Ayniqsa, birinchi uch oylikdagi bezovtaliklar haqida eshitganimda vahimaga tushardim. Ammo menda bunday bo`lmadi. Hech bir farzandimda toksikoz muammosiga duch kelmadim. Shuning uchun ham tuqqunimga qadar bemalol ijod qila olaman.

— Bu xushxabarni turmush o`rtog`ingizga qanday aytdingiz?

— Buni ikkimiz bir paytda bildik. UTTga borganimizda shifokor «Tabriklayman, oilangizga yana bir mehmon kelyapti», dedi. Ikkimiz birdek quvondik. Ko`zlarimga yosh keldi. Har gal ona bo`lish haqidagi yangilikni quvonch yoshlari bilan qarshi olaman.

— Yaqinda uzoq kutilgan albomingiz taqdimoti bo`lib o`tdi. Qo`shiqlar to`plamini oldinroq taqdim etishga nima to`sqinlik qilgan edi?

— Bitta qo`shiq yaratish uchun ancha mehnat qilinadi. Aytmoqchimanki, bu oson ish emas. Taronani yaratguncha bir necha oy izlanamiz. Musiqiy to`plam taqdim etish uchun esa qo`shiqlar soni ko`p bo`lishi kerak. Nihoyat, buning uddasidan chiqdim. Tinglovchilar qo`shiqlarimni tinglab yaxshi baholashadi, degan umiddaman.

— Turk xonandasi bilan duet kuyladingiz. Yana hamkorlik qilish rejada bormi?

— Turk xonandasi Sinan Ozen bilan qarindosh tutindik desam bo`ladi. Tez–tez xabarlashib turamiz. Rejalar esa bisyor. Yana bir nechta duet kuylashni o`ylayapmiz.

— Yangi kliplar taqdim etmay qo`ydingiz...

— Qo`shiq yaratilayotganda unga klip olinadimi-yo`qmi ma`lum bo`ladi. Hozircha taronalarim ichida klip suratga oladigan darajadagilarini topmadim. Bu bilan umuman klip taqdim etilmaydi, demoqchimasman. Ayni kunlarda studiyada yozilayotgan qo`shiqlarga video suratga olinishi reja qilingan.

— Hamkasblaringiz birin-ketin tadbirkorlikni boshlashyapti. Balki sizda ham shunday niyat bordir?

— O`ylab qo`ygan biznes rejalarim bor. Kelgusida «Dilso`z» nomi bilan tikuv fabrikasi ochmoqchiman.

— Barcha orzularingiz ro`yobga chiqishini tilab qolamiz.

— Rahmat!

Aliya suhbatlashdi

Sharhlar

U nega qamalganini ochiqladi

01.04.2024, 16:31

Ijtimoiy tarmoqlarda Solixon domla nomi bilan tanilgan Solixon Ortiqxo`jaev 15 sutkaga qamaldi. Bu haqda Toshkent shahar sudlari Darakchi.uz ga xabar berdi.2024 yil 30 mart Toshkent...
Pedagoglarni 3 yil kuttirgan qonun nihoyat imzolandi

21.02.2024, 17:28

Xabaringiz bor, 2024 yil 1 fevral kuni “Pedagogning maqomi to`g`risida”gi Qonun imzolandi. Undagi pedagoglar uchun eng asosiy o`zgarishlardan biri – endi maktabga yangi ishga kirgan...
⚡️iPhone 16 ko`rinishi e`lon qilindi

13.02.2024, 09:36

Tvitterda Majin Bu taxallusi ostida yashiringan taniqli Apple insayderi yangi avlod iPhonelari haqida yangi ma`lumotlar bilan bo`lishdi. Insayder xabaridan ma`lum bo`lishicha, kompaniya bir vaqtning o`zida...
Vayron bo`lgan uylar, jarohat olgan odamlar va ularga yordam berayotgan xodimlar… Sergelida otgan mash`um tong (fotojamlanma)

29.09.2023, 00:10

Bugun, 28 sentyabr kuni soat 02:43 da Toshkent shahar Sergeli tumani "Quruvchilar" dahasida joylashgan omborxonalarning birida kuchli chaqnash oqibatida yong`in sodir bo`lgani haqida xabar bergan...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1