1

Endi xorijiy valyutani so`mga to`g`ridan to`g`ri bankomat orqali konvertasiya qilish (ayriboshlash) mumkin

Iqtisodiyot 26.10.2018, 11:39
Endi xorijiy valyutani so`mga to`g`ridan to`g`ri bankomat orqali konvertasiya qilish (ayriboshlash) mumkin

Umumrespublika yagona prosessing markazi (UYaPM) tomonidan CINEO C4560 modelidagi yangi bankomatlarga UzSard kartalari egalariga xizmat ko`rsatish dasturiy ta`minot o`rnatilgan, deb xabar bermoqda kompaniya matbuot xizmati.

Kompaniya ma`lumotlariga ko`ra, ko`p funksionalli CINEO C4560 bankomatlari jahonning etakchi Diebold Nixdorf konserni tomonidan etkazib berilmoqda. Bugungi kunda bunday modeldagi bankomatlarning O`zbekistonning bir necha banklari xarid qilishgan.

Qayd qilinishicha, CINEO C4560 bankomatining asosiy afzalliklaridan biri pul mablag`larini konvertasiya qilishdan iborat, ya`ni endi xorijiy valyutani so`mga to`g`ridan to`g`ri bankomat orqali konvertasiya qilish (ayriboshlash) mumkin. Valyuta kursi muayyan bankomatga xizmat ko`rsatayotgan bank tomonidan o`rnatiladi, bu holda karta egasidan komissiya to`lovi olinmaydi.

Mutaxassislarning qayd etishlaricha, yangi CINEO C4560 bankomatlari bankning butun bir bo`limi o`rnini bosishi mumkin, chunki standart funksiyalar bilan bir qatorda ular boshqa bankomatlar taqdim eta olmaydigan qator xizmatlardan foydalanish imkonini beradi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1