1

Milliy to`lov tizimining nomi aniqlandi

Iqtisodiyot 26.10.2018, 11:06
Milliy to`lov tizimining nomi aniqlandi

Aholi fikriga asoslangan to`lov tizimining brendini yaratish maqsadida, joriy yil 24 sentyabr kuni Markaziy bank yangi tashkil etilayotgan to`lov tizimining nomini aniqlash bo`yicha tanlov e`lon qildi.

Tanlovning birinchi bosqichida 2,4 ming nafar fuqaro o`z taklifini bildirdi. Ular orasidan eng ko`p bildirilgan uchta nom – Humo, Adras va Anor tanlab olindi.

Tanlovning ikkinchi bosqichida, yuqorida keltirilgan uchta nomdan biriga ovoz berishda 4,0 mingga yaqin respondent ishtirok etdi.

Ovoz berish natijalariga ko`ra, birinchi o`rinni 45,3% ovoz bilan “Humo” nomi egalladi.

Shu munosabat bilan tanlangan g`olib “Humo” nomini hisobga olgan holda milliy chakana to`lov tizimining brendini ishlab chiqish bo`yicha ishlar olib boriladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1