Toshkent shahrida byudjetga tushumlar oshdi

Iqtisodiyot 23.10.2018, 16:37
Toshkent shahrida byudjetga tushumlar oshdi

Mamlakatimizda tadbirkorlikni har tomonlama qo`llab-quvvatlashga qaratilgan keng ko`lamli islohotlar olib borilmoqda. Bugun qonunga itoatkor tadbirkorlarning oshig`i olchi desak, mubolag`a bo`lmaydi.

O`tgan yili prezident Shavkat Mirziyoevning mamlakat parlamentiga yo`llagan murojaatnomasida barcha tadbirkorlik sub`ektlarining moliyaviy-xo`jalik faoliyatini tekshirishlarga moratoriy e`lon qilingan edi.

Bugun tahlillar shuni ko`rsatmoqdaki, iqtisodiyotdagi ijobiy o`zgarishlar, tadbirkorlik sub`ektlari bilan o`zaro ishonch asosida ishlash, ularning faoliyatiga asossiz aralashmaslik ijobiy natija bermoqda. Jumladan, joriy yilning 9 oyi yakuni bo`yicha Toshkent shahrida byudjet daromadlari prognozi 14 foizga ortig`i bilan bajarilib, tushum 9,7 trln. so`mni tashkil etdi. Bu o`tgan yilning mos davriga nisbatan 23 foizga oshdi deganidir.

Xususan, sanoat korxonalari 1,8 trln., savdo korxonalari 1,0 trln., qurilish sohasi korxonalari 0,5 trln., transport korxonalari 0,7 trln., umumiy ovqatlanish korxonalari 0,1 trln., bank muassasalari 0,5 trln. va boshqa korxonalar tomonidan 5,0 trln.so`m soliqlar to`langan.

Byudjetga qo`shimcha mablag`larni jalb etish, jumladan, soliq solish bazasini kengaytirish, faoliyat ko`rsatmayotgan korxonalar faoliyatini tiklash, xufiyona iqtisodiyotning oldini olish bo`yicha amalga oshirilgan keng qamrovli tadbirlar natijasida joriy yilning 9 oyida byudjetga 1,2 trln. so`m qo`shimcha tushum tushirilishi ta`minlandi.

Ma`lumki, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 26 iyundagi «Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi PQ-3802-son qarorida davlat soliq xizmati organlari soliq to`lovchilarning biznes-hamkori va maslahatchisiga aylantirish ustuvor vazifa sifatida belgilandi.

Shundan kelib chiqib, Toshkent shahar davlat soliq xizmati organlari xodimlari faoliyatini boshlab, ammo tadbirkor sifatida ro`yxatdan o`tmagan yoki turli muammolar sabab faoliyatini vaqtincha to`xtatgan shaxslarga huquqiy ko`mak bermoqda.

Xo`jalik yurituvchi sub`ektlar xodimlarining hisobotdagi va haqiqiy sonining muvofiqligi yuzasidan o`tkazilgan profilaktik tadbirlar natijasida norasmiy ravishda ishlab kelayotgan 7 601 nafar fuqaroning faoliyati qonuniylashtirildi. Bundan tashqari, turli muammolar sabab faoliyatini vaqtincha to`xtatgan 5257 nafar yakka tartibdagi tadbirkor faoliyati davlat soliq xizmati organlari ko`magi bilan qayta tiklandi.

Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi
Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1