1

Rossiyalik ishbilarmon yurtimizda tadbirkorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi

Jamiyat 19.10.2018, 14:59
Rossiyalik ishbilarmon yurtimizda tadbirkorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi

Rossiya Federasiyasi Prezidenti Vladimir Putinning mamlakatimizga davlat tashrifi doirasida O`zbekiston Respublikasi va Rossiya Federasiyasi o`rtasidagi I hududlararo hamkorlik forumida ishtirok etish uchun tashrif buyurgan “FORWARD” MChJ rahbari Andrey Mukovnikov yurtimizda aholi va tadbirkorlarga davlat xizmatlari ko`rsatish tizimi bilan tanishdi.

Xususan, horijlik ishbilarmon poytaxtimizning Yunusobod tumani Davlat xizmatlari markazi faoliyati, unda taqdim etilayotgan qulayliklar, o`z ishini boshlamoqchi bo`lgan tadbirkorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar va imkoniyatlar bilan tanishdi.

“Yurtingizda yurtboshlarimizning tashabbuslariga ko`ra tashkil etilgan bunday uchrashuv yaratilayotgan qulay ishbilarmonlik muhiti bilan tanishish, o`zaro hamkorlikni yo`lga qo`yishga zamin yaratdi. Markazda yaratilgan sharoit, taqdim etilayotgan yuzdan ortiq xizmatlar, tadbirkorlikni boshlash, ro`yxatdan o`tish uchun 30 daqiqagina vaqt sarflanishi, buning uchun o`rnatilgan soddalashtirilgan tartib, soliq va boshqa imtiyozlar mamlakatingiz investision jozibasini yanada oshirishga xizmat qilmoqda”, - deydi Andrey Mukovnikov.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1