1

O`zbekiston – Rossiya: tovar ayirboshlash hajmi 10 milliard dollarga etkaziladi

Iqtisodiyot 19.10.2018, 13:58
O`zbekiston – Rossiya: tovar ayirboshlash hajmi 10 milliard dollarga etkaziladi

O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev va Rossiya Prezidenti Vladimir Putin muzokaralarni delegasiyalar a`zolari ishtirokida kengaytirilgan tarkibda davom ettirdi.

Unda savdo-iqtisodiy va investisiyaviy hamkorlikni rivojlantirishning amaliy jihatlariga alohida e`tibor qaratildi.

Rossiya O`zbekistonning muhim savdo sherigidir. Mamlakatlarimiz o`rtasida erkin savdo tartibi amal qilmoqda. Joriy yil boshidan tovar ayirboshlash hajmi 30 foiz o`sgan.

Muzokaralarda tovar ayirboshlash hajmini oshirish va nomenklaturasini diversifikasiya qilish, ishlab chiqarish korxonalari o`rtasidagi kooperasiyani rivojlantirish, transport va energetika sohalarida o`zaro hamkorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

«Sentyabr oyida hukumat rahbarlari raisligida Iqtisodiy hamkorlik bo`yicha hukumatlararo komissiya majlisi muvaffaqiyatli o`tkazildi. Hududlar o`rtasidagi hamkorlik rivojlanmoqda. Rossiyaning etakchi kompaniya va banklari bilan birgalikda yirik investisiya loyihalari amalga oshirilmoqda.

Hisob-kitoblarimizga ko`ra, joriy yilda tovar ayirboshlash hajmi 6 milliard dollarga etadi. Bu raqam rejalashtirganimizdan ham ortiq. Yaqin yillardagi vazifa savdo aylanmasini 10 milliard dollarga etkazish», dedi Shavkat Mirziyoev.

Vladimir Putin davlatimiz rahbarini to`liq qo`llab-quvvatladi. O`zbekiston va Rossiya hukumatlariga o`zaro tovar ayirboshlashni ko`paytirish bo`yicha zarur choralar ko`rish topshirildi. Iqtisodiy hamkorlik bo`yicha hukumatlararo komissiya faoliyatini yanada kuchaytirishga kelishib olindi.

Davlat rahbarlari tashrif doirasida umumiy qiymati 25 milliard dollar bo`lgan savdo-iqtisodiy va investisiyaviy hujjatlar imzolanganini mamnuniyat bilan qayd etdi.

Ikki mamlakat hukumatlari o`rtasida 2019-2024 yillarda iqtisodiy hamkorlik dasturining qabul qilinishi ham muhim ahamiyatga ega.

Muzokaralarda madaniy-gumanitar aloqalarni, ayniqsa, fan, ta`lim, sog`liqni saqlash va turizm sohalaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalariga alohida e`tibor qaratildi.

Kuni kecha Toshkentda ikki mamlakat oliy ta`lim muassasalari rahbarlari ishtirokida o`tgan “Yangi iqtisodiyot uchun yangi kadrlar” mavzuidagi birinchi Ta`lim forumi natijalari yuqori baholandi. Unda ta`lim va fan sohalaridagi hamkorlik, jumladan, mamlakatimizda Rossiyaning etakchi oliy o`quv yurtlari filiallarini ochish to`g`risida 100 dan ortiq kelishuv imzolangani qayd etildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1