1

O`zbekiston-Rossiya: to`qimachilik bo`yicha cheksiz hamkorlik

Iqtisodiyot 18.10.2018, 17:39
O`zbekiston-Rossiya: to`qimachilik bo`yicha cheksiz hamkorlik

Poytaxtimizdagi “O`zekspomarkaz” pavilonlarida O`zbekiston Respublikasi va Rossiya Federasiyasi o`rtasida hududlararo hamkorlik 1-forumi doirasida o`tkazilgannavbatdagi sessiya ana shunday nomlandi.

Ma`lumki, O`zbekiston to`qimachilik sanoatida o`ziga salohiyatga ega mamlakatlardan biri sanaladi. Mamlakatimizda etishtirilayotgan paxta xomashyosi jahon bozorida o`zining sifati va xaridorgirligi bilan ajralib turadi. Shu sababli Rossiyadagi bir qator tekstil korxonalari O`zbekiston bilan bu borada hamkorlik qilishni ma`qul qo`rishadi.

Sessiyada ishtirok etgan yirik tashkilot va kompaniyalarning mutasaddilari to`qimachilikni rivojlantirishda o`zaro tajriba almashish, yangi innovasion g`oyalarni ishlab chiqarishga tatbiq etish, eksport-import munosabatlarini tartibga solish bo`yicha fikr almashdilar.

– Bugun O`zbekiston to`qimachilik sanoatini yanada rivojlantirish bo`yicha etarlicha imkoniyatlarga egamiz, - dedi “O`zto`qimachisanoat” uyushmasi raisi Ilhom Haydarov. – Ayni paytda hukumatimiz tomonidan tekstil mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalarga bir qator imtiyozlar joriy etilmoqda. Shu ma`noda rossiyalik hamkorlar bilan aloqalarni mustahkamlash ikki taraf uchun ham manfaatlidir.

– Bizning kompaniyamiz turli xildagi tekstil mahsulotlarini ichki va tashqi bozorga etkazib beradi, - deydi Rossiyaning Ivanovo viloyatidagi “TDL tekstil” MChJ direktorlar kengashi raisi Mixail Shmelev. – Viloyatimizda to`qimachilik sanoati juda yaxshi rivojlangan. Ayni paytda ushbu yo`nalishda faoliyat yurituvchi tadbirkorlar uyushmasini ham boshqaraman. O`zbekistonda to`qimachilik sanoatini rivojlantirish maqsadida kattamiqdorda investisiya kiritishni rejalashtirganmiz. O`ylaymanki, mamlakatingizda investorlar uchun yaratilgan qulay muhit hamkorligimizni rivojlantirishga yo`l ochadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1