1

Ikki mamlakat ishbilarmonlarining V2V shaklidagi birja muloqoti bo`lib o`tmoqda

Jamiyat 18.10.2018, 16:07
Ikki mamlakat ishbilarmonlarining V2V shaklidagi birja muloqoti bo`lib o`tmoqda

O`zbekiston Respublikasi va Rossiya Federasiyasi o`rtasida hududlararo hamkorlik 1-forumi doirasidagi tadbirlarda Rossiyaning 100 dan ortiq yirik kompaniyalari vakillari ishtirok etmoqda. Ular mamlakatimizdagi turdosh korxonalar faoliyati bilan tanishish, tajriba almashish va o`zaro manfaatli hamkorlikni yo`lga qo`yish maqsadida tashrif buyurishgan.

“O`zekspomarkaz”da ayni paytda ikki mamlakat ishbilarmon doiralari vakillarining V2V shaklidagi birja muloqoti bo`lib o`tmoqda. Unda Rossiyaning 109 ishlab chiqarish korxonasi vakillari O`zbekistondagi hamkorlari bilan manfaatli bitimlar imzolashmoqda.

Tadbirda O`zbekiston va Rossiyaning mashinasozlik va elektrotexnika, to`qimachilik, axborot texnologiyalari, sog`liqni saqlash, neft-gaz, kimyo, tog`-kon, metallurgiya sanoati, qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonalari vakillari uchrashib, muloqot qilishmoqda.

– Forum doirasida “O`zeltexsanoat” aksiyadorlik kompaniyasi Rossiyaning nufuzli kompaniyalari o`rtasida to`rtta kelishuv hamda kompaniya tarkibiga kiruvchi kompaniyalar o`rtasida kabel-o`tkazgich mahsulotlarni eksport qilish bo`yicha umumiy qiymati 10 million dollarlik shartnoma imzolandi, – deydi “O`zeltexsanoat” AK matbuot xizmati rahbari Namoz Tolipov. – Jumladan, “Indastrial Xolding” MChJ bilan kabel va sim mahsulotlarini, “Nura infest” MChJ bilan akkumilyator batareyalar ishlab chiqarish va boshqa bir qator loyihalar bo`yicha memorandumlar imzolandi.

– Biz O`zbekiston bilan hamkorlik qilishdan manfaatdormiz, – deydi “Medisinskie texnologii LTD” AJ Prezidenti Anatoliy Dabagov. – Biz O`zbekistonda raqamli rentgen-diagnostika asbob-uskunalarini ishlab chiqaradigan qo`shma korxona ochish bo`yicha hamkorlikni boshladik. Ana shu maqsad uchun 10 million AQSh dollari miqdorida mablag` kiritish ko`zda tutilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1