1

Rossiya eksport markazi O`zbekistonda o`z vakolatxonasini ochadi

Jamiyat 18.10.2018, 14:45
Rossiya eksport markazi O`zbekistonda o`z vakolatxonasini ochadi

O`zbekiston Respublikasi va Rossiya Federasiyasi o`rtasida hududlararo hamkorlik 1-forumi o`z ishini davom ettirmoqda.

Rossiya Federasiyasi Prezidenti Vladimir Putinning mamlakatimizga tashrifi arafasida ish boshlagan ushbu forum dorirasida bir qator amaliy tadbirlar o`tishi rejalashtirilgan.

Ayni paytda mazkur forumga tashrif buyurgan "Rossiya eksport markazi" vakillari ushbu yirik tashkilot mamlakatimizda o`z vakolatxonasini ochishini ma`lum qildi.

"Rossiya eksport markazi" AJ Rossiya hukumati ko`magida tashkil etilgan bo`lib, uning asosiy vazifasi eksport imkoniyatlarini qo`llab-quvvatlashdan iborat. Markaz Rossiyadagi eksport-import faoliyatini amalga oshiruvchi bir qator tashkilot va korxonalar bilan muntazam hamkorlikni yo`lga qo`ygan.

Markazning O`zbekistondagi vakolatxonasi ikki davlat o`rtasidagi savdo hajmini oshirish, eksport va import faoliyatini muvofiqlashtirishga xizmat qiladi.

Ta`kidlash joizki, O`zbekiston bilan Rossiya o`rtasidagi savdo aylanmasi 2017 yilda 3,65 milliard dollarni, o`sish sur`ati esa 2018 yilning 8 oyi mobaynida o`tgan yilning mos davridagi ko`rsatkichga nisbatan 30,3 foizni tashkil etdi. Shu bilan birga, Rossiyadan O`zbekistonga import hajmi 40 foizga, O`zbekistondan Rossiyaga eksport 8,6 foizga ortgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1