1

"O`zekspomarkaz"dagi ko`rgazmada Rossiyaning yirik sanoat korxonalari o`z mahsulotlarini namoyish etishmoqda

Iqtisodiyot 18.10.2018, 13:23
"O`zekspomarkaz"dagi ko`rgazmada  Rossiyaning yirik sanoat korxonalari o`z mahsulotlarini namoyish etishmoqda

O`zbekiston Respublikasi va Rossiya Federasiyasi o`rtasida hududlararo hamkorlik 1-forumi o`z ishin davom ettirmoqda.

Poytaxtimizdagi “O`zekspomarkaz”da O`zbekiston Respublikasi Savdo vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, tomonidan Rossiya Federasiyasining Iqtisodiy rivojlanish vazirligi bilan hamkorlikda tashkil etilgan forum doirasida Rossiyadagi yirik ishlab chiqarish korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar ko`rgazmasi bo`lib o`tmoqda.

Unda Rossiyaning Rostov, Ivanovo, Orenburg, Penza, Samara, Chelyabinsk viloyatlari, Oltoy o`lkasi va boshqa hududlaridagi yirik sanoat korxonalari o`z mahsulotlarini namoyish etishmoqda.

Ko`rgazmadan engil sanoat, mashinasozlik, qishloq xo`jaligi, qandolatchilik, farmasevtika korxonalarida ishlab chiqarilgan mahsulotlar o`rin olgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1