1

Botir Xo`jaev: O`zbekiston savdo aylamasining 18 foizi Rossiya hissasiga to`g`ri keladi

Iqtisodiyot 18.10.2018, 11:36
Botir Xo`jaev: O`zbekiston savdo aylamasining 18 foizi Rossiya hissasiga to`g`ri keladi

O`zbekiston – Rossiya I hududlararo hamkorlik forumi doirasida tashkil etilgan biznes nonushtada O`zbekiston Respublikasi iqtisodiyot vaziri Botir Xo`jaev mamlakatimiz savdo aylanmasining qariyb 18 foizi Rossiya hissasiga to`g`ri kelishini ma`lum qildi. Bu haqda O`zA xabar berdi.

— 2017 yilda mamlakatlarimiz o`rtasida hamkorlikni yanada kengaytirish bo`yicha muhim hujjatlar imzolandi. O`zbekiston – Rossiya birinchi hududlararo hamkorlik forumi buning samarasi bo`lib, uning tadbirlarida Rossiyaning turli tarmoqlar bo`yicha 400 dan ziyod yirik kompaniyasi, 17 hududi rahbarlari ishtirok etmoqda.

O`zbekistonda Rossiyaning “Lukoyl”, “Gazprom” kabi yirik kompaniyalari faoliyat olib bormoqda. Biz umid qilamizki, ushbu forum mamlakatlarimiz kompaniyalari o`rtasidan yangidan-yangi shartnomalar imzolanishiga xizmat qiladi, istiqbolda hamkorlik aloqalari yanada mustahamlanadi, – dedi u.

photo5350508689733298561.jpg

Ma`lumot o`rnida, O`zbekiston bilan Rossiya o`rtasidagi savdo aylanmasi 2017 yilda 3,65 milliard dollarni, o`sish sur`ati esa 2018 yilning 8 oyi mobaynida o`tgan yilning mos davridagi ko`rsatkichga nisbatan 30,3 foizni tashkil etdi. Shu bilan birga, Rossiyadan O`zbekistonga import hajmi 40 foizga, O`zbekistondan Rossiyaga eksport 8,6 foizga ortgan.

O`zbekiston – Rossiya I hududlararo hamkorlik forumi davom etmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1