1

O`zbekiston oltin-valyuta zaxiralari yana kamaydi

Iqtisodiyot 17.10.2018, 15:39
O`zbekiston oltin-valyuta zaxiralari yana kamaydi

Markaziy bank 2018 yil 1 oktyabr holatiga O`zbekiston oltin-valyuta zaxiralari haqidagi ma`lumotni e`lon qildi.

Unga ko`ra, 2018 yil 1 oktyabr holatiga Yalpi oltin valyuta zaxiralari — 26 407,3 million AQSh dollari (2018 yil 1 sentyabr holatiga 26 870,8 million AQSh dollari, o`tgan oyga nisbatan 463,5 million AQSh dollariga kamaygan), shundan xalqaro valyutadagi aktivlar — 12 454,4 million AQSh dollari, monetar oltin — 13 953,0 million AQSh dollari tashkil qildi.

Sof oltin-valyuta zaxiralari — 25 494,5 million AQSh dollarini tashkil etdi (2018 yil 1 sentyabr holatiga 25 983,0 million AQSh dollari).

Eslatib o`tamiz, Markaziy bank tomonidan oltin-valyuta zaxiralarini samarali boshqarish maqsadida zaxiralarning yalpi va sof qiymatlari hisobi yuritiladi.

Sof oltin-valyuta zaxiralari tijorat banklari va davlat boshqaruvi organlarining (Moliya vazirligi, Tiklanish va taraqqiyot jamg`armasi bundan mustasno) Markaziy bankda ochilgan hisob varaqlaridagi valyuta mablag`larini, ya`ni Markaziy bankning ushbu tashkilotlar oldidagi majburiyatlarini hisobga olmaydi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1