Siz qavhani xush ko`rasizmi? Unda “Sevimli” telekanalining 17 oktyabr kuni, 19:30 da efirga chiqadigan “Xayrli oqshom” ko`rsatuvining navbatdagi soni aynan siz uchundir!
Qahva uyquni qochiradi ammo qahva iste`mol qilgach, uyqusi keladigan insonlar haqida eshitganmisiz?
Radio boshlovchi Jamshid Xo`janiyozov mana shunday insonlardan biri. “Qavha ichganim zahotim uyqum keladi, qilishim kerak bo`lgan ishlarim ham qolib ketadi!”, deydi u.
“Via Sharq” guruhi oilaviy sayr qilsa, albatta qahvaxonaga kirib, qahvaning yangi turlarini tatib ko`rishni xush ko`radi.
Bir kunda 5-6 finjon qavha ichadigan qahramonimiz o`zini qanday his qiladi?
Bir finjon qavhaning foydali tomonlarini bilasizmi? Qahva mavzusi bo`yicha sizni qiziqtirgan barcha savollarga 17-oktyabr kuni soat 19:30 da “Xayrli oqshom” ko`rsatuvida javob topasiz!