1

Ulug`bek Rahmatullaev: “O`zimga o`zim yoqmayman!”

Shou-biznes 11.10.2018, 17:47
Ulug`bek Rahmatullaev: “O`zimga o`zim yoqmayman!”

“Sevimli” telekanalining “Xayrli oqshom” ko`rsatuviga tashrif buyurgan xonanda, O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Ulug`bek Rahmatullaev o`z hayoti va ijodi haqida quyidagilarni so`zlab berdi.

“Hozir ilk ijodim namunalarimni tomosha qilsam, o`zimni ko`rgim kelmaydi. Juda ajoyib uslubda bo`lganman (kulib), o`sha paytda sochlarim jingalak, qarashlarimni kuzatsam, o`sha paytda nimani o`ylagan ekanman, degan xayolga boraman. Biroq o`tmishimga nazar solsam, qiyinchiliklarga uchraganim, insonlarning menga ishonmaganlari esimga tushadi. Lekin hozir hamma sinovlardan o`tganimga shukr qilaman.

Yillar otamga o`xshab borayotganimni sezishimga yordam beryapti. Otamning suratlariga qarasam, ularda o`ziga xos hatti-harakat, sifatlarni ko`raman. Menda ham bu o`xshashliklar borgan sari sezilmoqda, o`tirishim, ko`z qarashilarimga e`tibor bersam, otamga o`xshab qolibman deyman. Hattoki bugungi kunda sochlarimda oq tolalar ham ko`rinib qolibdi. Buni ko`rgan otam “Tabriklayman, o`g`lim sochingizga oq tushibdi”, dedilar. Men padari buzrukvorimning bu so`zlarimdan ilhomlanib, “Ota” taronasini ijro etdim.

15-20 yillab farzand ko`rmagan oilalar xizmatiga borib qolsak, «Chaqaloqlar» taronam yangrashi bilan ularning o`zlarini tutishlarini ko`rsangiz edi. Butun xonadon egalari ularga qo`shilib ko`z yosh to`kishadi. Ba`zan ortimga qarasam, sozandalarim ham yig`layotgan paytlar ham bo`ladi. Balkim yillar o`tib, meni hech kim eslamas, ammo insonlarning dil tubiga etib borgan bu qo`shig`imning umri boqiydir. Ijodkor o`ldim-kuydimdan tashqari hayotiy mavzuda ham qo`shiq kuylashi, uni eshitgan odamning yashashga ishtiyoqi oshishi, qalbi quvonchga to`lishi lozim, deb hisoblayman”.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1