1

Shavkat Mirziyoev Fransiya kompaniyalarini O`zbekistondagi investisiya loyihalarini amalga oshirishda faol qatnashishga chaqirdi

Iqtisodiyot 09.10.2018, 09:38
Shavkat Mirziyoev Fransiya kompaniyalarini O`zbekistondagi investisiya loyihalarini amalga oshirishda faol qatnashishga chaqirdi

Shavkat Mirziyoev Fransiyaning eng yirik kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuv o`tkazdi, deb xabar bermoqda Prezident matbuot xizmati.

Unda “Total”, “Total Eren”, “Orano”, “Fivs Shteyn”, “Ranjis Semmaris”, «Vinchi», «Sues», «Sad», «Idemia», «Mersie», “Tales Aleniya Speys”, Evropa tiklanish va taraqqiyot banki, Fransiya taraqqiyot agentligi kabi Evropa va jahon bozorida etakchi kompaniyalar, moliyaviy tuzilmalar rahbarlari ishtirok etdi.

Uchrashuvda O`zbekistonda xorijiy investorlar uchun keng imkoniyatlar yaratilayotgani ta`kidlandi. Ular faoliyatini rag`batlantirish va himoya qilish uchun zarur normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi. Biznesni rivojlantirish yo`lidagi turli to`siqlarga barham berildi, tashqi savdo va bojxona-tarif nazorati sezirlarli darajada qisqartirildi.

Prezidentimiz tashabbusi bilan ishlab chiqilgan Soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi tadbirkorlar va investorlar uchun katta qulayliklar yaratadi.

— Xorijiy investorlar bilan to`g`ridan-to`g`ri muloqot qilish uchun O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Xorijiy investisiyalar bo`yicha kengash tuzish to`g`risida qaror qabul qildik. Uning vazifasi sarmoyadorlar fikrini inobatga olgan holda O`zbekiston investisiya muhitini yaxshilash bo`yicha takliflar ishlab chiqishdan iborat bo`ladi. Sizni kengash ishida faol ishtirok etishga taklif etamiz, - dedi Shavkat Mirziyoev.

Fransiyalik tadbirkorlar mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarni yuqori baholadi. Valyuta tizimining liberallashtirilgani, viza olish tartibining soddalashtirilgani o`zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish uchun qulay imkoniyatlar yaratganini ta`kidladi. Bunday qulaylik va engilliklar O`zbekiston iqtisodiyotiga qiziqishni kuchaytirdi. Davlatimiz rahbari tashrifi arafasida umumiy qiymati 5 milliard evroga yaqin investisiya loyihalari bo`yicha kelishuvlar imzolangani bundan dalolat beradi.

O`zbekiston va Fransiya moliyaviy tashkilotlari, firma va kompaniyalari o`rtasidagi sheriklikni yanada rivojlantirish masalalari, o`zaro tovar etkazish va xizmat ko`rsatish hajmini oshirish masalalari muhokama qilindi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1