1

​Oshqovoq: diabet, gipertoniya, asabni davolaydi

Salomatlik 08.10.2018, 09:39
​Oshqovoq: diabet, gipertoniya, asabni davolaydi

Oshqovoq nafaqat mazali, balki turli dardlarga davo egulik hamdir. Ushbu oltinrang sabzavotning shifobaxsh xususiyatlari bilan tanishtiramiz.

Tish kasalliklarida shifo

— Oshqovoq moyi og`iz bo`shlig`i kasalliklari, xususan, karies, tishlarning karash bilan qoplanishi, milk xastaliklari, hatto stomatitda ham foyda qiladi. Masalan, karies, tish karashlaridan xalos bo`lish uchun quyidagi usuldan foydalanish mumkin. Bizga 2 osh qoshiq oshqovoq moyi, tuz, 250 ml suv kerak bo`ladi. Yog`ni shisha idish yoki kosaga quyib, idishi bilan qaynoq suvga solib, biroz isitib olamiz. Iliq qaynatilgan suvda bir chimdim tuzni eriguncha aralashtiramiz. Milk kasalliklarida, karies va karashlar paydo bo`lganda, 2-3 daqiqa davomida og`iz yog` bilan chayiladi. So`ng tuzli suvda chayish davom ettiriladi. Muolaja har kuni ovqatlanishdan 15 daqiqa avval bir hafta davomida bajariladi.

Xolida Ortiqova, Jizzax viloyati

Asalli malham

— Oshqovoq boli jigar uchun malham. U ovqat hazmini yaxshilab, kuchsiz surgi vazifasini bajaradi. Shuningdek, oshqovoqli asal ortiqcha vazn, buyrak va qovuq xastaliklarida foyda qiladi.

Jamila UMRZOQOVA, Namangan viloyati

Jigarni tozalovchi salat

— Jigar uchun eng foydali mahsulot bu oshqovoqdir. Agar uni o`z mavsumida tez-tez eb tursangiz, jigaringizga katta yordam bergan bo`lasiz. Oshqovoq jigarni tozalaydi va uning tiklanishiga yordam beradi. Buning uchun turli salatlar pishirish kerak. Negaki, u xomligida vitaminlari ko`proq bo`ladi. Men sizlarga o`zim tayyorlaydigan salat reseptini aytaman: buning uchun oshqovoqning katta bo`lagini yirik tishli qirg`ichdan o`tkazasiz. Keyin esa unga zaytun yog`idan quyib, aralashtirasiz va 5 daqiqa dam berasiz. Salat ertalab och qoringa eyiladi.

Sojida Umarova, Namangan viloyati

Asabni tinchlantiradi

— Xalq tabobatida asab kasalliklarini davolashda oshqovoq ko`p qo`llanadi. Masalan, uyqusizlik, stressdan xalos bo`lish, tinchlantiruvchi vosita sifatida bir qancha oshqovoqli reseptlarni sinab ko`rish mumkin.

Shuningdek, oshqovoqni gaz pechida yoki tovada dimlab, pishirish mumkin.

— Menga qandli diabet tashxisini qo`yishgach, turmush tarzim, ayniqsa, ovqatlanishimni tubdan o`zgartirdim. Taomnomamda turli foydali ovqatlar bor. Masalan, oshqovoqli pyure-sho`rvani olaylik. Bu taomni tayyorlash uchun 1,5 l engil tovuq sho`rvasi, 2 donadan piyoz, kartoshka, sabzi, 350 g oshqovoq, ko`k piyoz va ko`katlar, 70 g qattiq pishloq, 50 g sariyog`, 2 bo`lak non hamda ta`bga ko`ra tuz va murch kerak bo`ladi. Sho`rvani olovga qo`ying. Qaynab chiqqach, mayda to`g`ralgan kartoshka soling. Oshqovoq, sabzi va piyozni past olovda sariyog`da qovurib, yumshaguniga qadar idish ustini qopqoq bilan yopib qo`ying. Barcha qovurilgan mahsulotlarni sho`rvaga qo`shib, tuz va murch soling-da, sho`rvani sabzavotlar yumshaguniga qadar qaynating. Nonni mayda to`rtburchak shaklda kesib, gaz pechida quritib oling. Sho`rvadagi sabzavotlarni ajratib olib, blender yoki qoshiqda ezing. So`ng bu qorishmaga sho`rva suvidan ozgina quyib, pyure-sho`rva holiga keltiring. Taomga maydalangan ko`katlar, qirg`ichdan chiqarilgan pishloq hamda qotirilgan non solib, dasturxonga torting. Bunday sho`rva gipertoniya (baland qon bosimi)ga chalinganlar uchun ham rosa foydali.

— Oshqovoqli asalni tayyorlash uchun o`rtacha kattalikdagi oshqovoqning band qismidan ozroq kesib olinadi. Ichidagi urug`lari olinib, asal to`ldiriladi va kesib olingan bo`lak bilan yopiladi. Asalga to`lgan oshqovoq tog`orachaga solinib, bir chekkaga olib qo`yiladi. U shu holatda po`sti yumshaguncha turadi. Keyin oshqovoq ichida hosil bo`lgan suyuqlik shisha bankaga quyiladi. U sovitkichda saqlanadi. Suyuqlikni istalgan payt qaynagan suv bilan ichish mumkin.

Qand miqdorini kamaytiradi

1-usul: 1 kg oshqovoq etini qirg`ichdan chiqarib, dokaga solib siqiladi. Agar sharbatchiqargich bo`lsa, undan foydalanish mumkin. Sharbatni kuniga 1-2 marta ovqatlanishdan 15 daqiqa oldin yarim stakandan ichish lozim. 2 oy shu muolajani qilsangiz, asablaringiz maromiga keladi. 2 hafta tanaffusdan keyin, muolaja kursini yana takrorlang. Sharbatning har safar yangisini tayyorlash lozim.

2-usul: 1 stakan oshqovoq sharbatiga 1 osh qoshiq asal aralashtiring. Bunday sharbatni 2 hafta davomida har kuni uyquga yotishdan avval ichish tavsiya qilinadi. Bordi-yu, oshqovoq sharbati ko`nglingizni behuzur qilsa yoki oshqozoningizni og`ritsa, unga teng miqdorda qaynagan suv aralashtiring. Shunda yarim stakan sharbatga yarim stakan suv to`g`ri keladi.

Kamola ShAROFZODA tayyorladi

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1