1

Grippga qarshi vaksina 100 foiz himoya emas?!

Salomatlik 02.10.2018, 11:47
Grippga qarshi vaksina 100 foiz himoya emas?!

Odatda, grippga u qadar e`tibor qilmaymiz. Ba`zan kasallikni oyoqda o`tkazishimiz ham rost. Lekin buning asorati borligini bilmaymiz. Xo`sh, gripp yo`limizga to`g`anoq bo`lmasligi uchun nima qilish kerak? Axir, u havo-tomchi yo`li bilan yuqadi, nafas olmaslikning esa iloji yo`q. Shunday ekan, yagona chora – emlanish. Biroq odamlar orasida grippga qarshi vaksina haqida har xil gaplar yuradi. Bugun shulardan bir qanchasiga ftiziatr Malik UTEShEV oydinlik kiritadi.

Kimlarga tavsiya etiladi?

Immuniteti mustaµkam kishilar va odamlar bilan u qadar ko`p muloqotda bo`lmaydiganlar uchun emlanish ortiqcha. Bunday kishilarga kasallik yuqishi ehtimoli juda kam. Shuningdek, grippga qarshi emlanish quyidagi holatlarda tavsiya etilmaydi:

  • homiladorlikning birinchi uch oyligida;
  • 6 oylikkacha bo`lgan go`daklarga;
  • vaksina tarkibidagi moddalarga allergiyasi bo`lganlarga.

Shuningdek, tana harorati ko`tarilganida, mavjud surunkali xastaliklar avj olgan mahal, og`ir kasalliklarda emlanish mumkin emas.

Mana bu holatlarda esa emlanish zarur hisoblanadi:

  • 6 oydan oshgan go`daklar;
  • keksalar (60 yoshdan oshganlar);
  • yurak qon-tomir tizimi, o`pka va buyrakda surunkali xastaliklari bor bemorlar;
  • immun tizimi sust, OITS bilan kasallanganlar;
  • qandli diabet, bronxial astma, qon kasalliklariga chalinganlar.

Bu kabi bemorlarda gripp juda og`ir kechadi va og`ir asoratlar kelib chiqishi mumkin. Shuningdek, oilada shu guruhga kiruvchilar bor bo`lsa ham emlanish tavsiya etiladi. Chunki gripp ular orqali salomatligida muammo boryaqinlarga osongina yuqishi mumkin.

Bundan tashqari, ba`zi kasb egalariga ham grippga qarshi emlanish tavsiya etiladi. Bular: maktab va maktabgacha ta`lim muassasalari xodimlari, haydovchi va jamoat joylarida xizmat qiluvchilar, talabalar.

Emlanishdan 2-3 kun avval antigistamin preparatni qabul qilish tavsiya etiladi. Bu kelib chiqishi ehtimoli bor allergik reaksiyani xavfini kamaytiradi.

Emlanganlar ham kasallanadi...

Emlanish gripp bilan kasallanmaslikka 100 foiz kafolat emas. Chunki:

  • kasallik grippning vaksinada bo`lmagan boshqa shtampiga taalluqli bo`lishi mumkin;
  • emlangach, vaksina kuchga kirgunicha kasallanganda (emlangach, immunitet hosil bo`lgunicha vaqt kerak);
  • organizmga bir vaqtning o`zida katta miqdordagi virusla tushishi sababli ularga qarshi immunitet kuchi etmasligi;
  • sifatsiz yoki muddati o`tgan vaksina qo`llanishi;
  • emlanish usuli noto`g`riligi. Masalan, vaksina mushaklar orasiga emas, teri ostiga, elka yoki songa emas, dumbaga yuborilgan bo`lishi.

Ko`pincha, bemor gripp emas, boshqa virusli infeksiyaga uchrasa ham, gripp bo`ldim deb o`ylaydi. Bu O`RVI bo`lib, unga paragripp, adenovirus, enterovirus yoki rinoviruslar sabab bo`ladi.

Qachondan boshlagan ma`qul?

Grippga qarshi emlanish tadbiri sentyabr oyidan boshlangani ma`qul. Shunda gripp avj olgan davrgacha immunitet shakllanib ulguradi. Grippga qarshi Respublika vaksinasiya markazi va uning viloyatlardagi bo`limlari hamda xususiy tibbiy muassasalarda emlanish mumkin.

Odamlar orasida uyda emlanish usuli bor ekan, degan savollar ko`p bo`lyapti. Afsuski, buning iloji yo`q. Bunday preparatlar dorixonalarda sotilmaydi. Chunki uy sharoitida vaksinani saqlash sharoiti bo`lmagani uchun u tez buziladi va hayot uchun xavfli bo`lib qoladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1