​Anjir qaysi kasalliklarda foydali?

Salomatlik 28.09.2018, 13:43
​Anjir qaysi kasalliklarda foydali?

Anjir inson organizmi uchun muhim hisoblangan vitamin va mineral moddalarga boydir. Jumladan, anjir tarkibida kalsiy moddasi ko`p bo`lib, suyaklar mustahkamligini ta`minlaydi. V6 vitamini esa organizmda yaxshi kayfiyatni baxsh etuvchi serotin moddasining ajralib chiqishiga yordam beradi. Shuningdek, anjirning eng muhim ozuqaviy tarkibi qanddir.

  • Olimlarning ta`kidlashicha anjir turli xastaliklar, jumladan, ekzema, astma, shamollash, furunkula, o`simta va yara kasalliklari kabilarni davolashda tavsiya etiladi.
  • Shuningdek, kardiolog-shifokorlar ham yurak-qon tomir kasalliklarini davolash va oldini olish maqsadida har kuni 2-3 dona anjir mevasini iste`mol qilishni tavsiya etishadi. Anjir varikoz kasalliklarida hamda qon quyuqlashib qolishi, tromblar hosil bo`lishi natijasida yuzaga keluvchi kasalliklarda ham foydali.
  • Shifobaxsh meva oshqozon-ichak yo`llari tizimidagi buzilishlarda ham yordam beradi. Tarkibida kalsiy moddasi ko`pligi tufayli, suyak va bo`g`im kasalliklarini davolashda ham qo`llaniladi.
  • Anjirdan tabobatda balg`am ko`chiruvchi, peshob haydovchi, yallig`lanishga qarshi, antitoksin vosita sifatida foydalaniladi.
  • Sharbati esa qondagi xolesterin miqdorini kamaytiradi.
  • Barglari diabet bemorlar uchun foydali.
  • Anjir uzoq vaqt kasal bo`lgan kishilarga kuch va quvvat baxsh etuvchi meva. U jismoniy va aqliy charchoqni bartaraf etadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1