1

Nima egingiz kelayotganiga qarab tashxis qo`yamiz!

Salomatlik 25.09.2018, 11:51
Nima egingiz kelayotganiga qarab tashxis qo`yamiz!

Mavsumga ko`ra, ovqat borasida ham istak-xohishlar o`zgaradi. Kishining ba`zan shirinlik egisi kelsa, ba`zan ko`ngli achchiqqina ziravor tusab qoladi. Aslida bu istaklarning hammasini organizmda sodir bo`layotgan o`zgarishlar xabarchisi, deyish mumkin.

Shirinliklar

“Shirinlik egim kelayapti” deydiganlardan bo`lsangiz, so`nggi paytlarda og`ir jismoniy mehnat tufayli asablaringizni charchatib qo`ygan ko`rinasiz. Organizmdagi glyukoza stress gormoni — adrenalin ishlab chiqarishda faol ishtirok etadi. Shu sabab asabiylashganda va og`ir aqliy mehnat bilan shug`ullanganda organizmdagi qand moddasi tez sarflanib ketadi. Natijada shirinlik iste`mol qilish istagi tug`iladi. Yo`qotilgan qand miqdorini katta tort bo`lagi bilan emas, shirin choy yoki shokolad bilan to`ldirish mumkin.

“Sho`rtakkina bodring egim kelayapti”

Tanada eski shamollashlar qo`zg`alganda yoki yangi infeksiya avj olayotganda kishining ko`ngli tuzli egulik to`sab qoladi. Aksar hollarda bu peshob yo`llari bilan bog`liq sistit, prostatit kabi kasalliklarga chalinganda kuzatiladi.

Nordon eguliklar

Nordon eguliklarni xohlab qolsangiz, bu asosan, oshqozon shirasi kamayib ketganidan dalolat beradi. Gastritning bir turi oshqozon shirasi kam ishlab chiqarilishiga olib keladi. Buni aniqlash uchun esa gastrokopiya tekshiruvidan o`tish lozim. Nordon ta`mli mahsulotlar sovituvchi, burishturuvchi ta`sirga ega bo`lib, shamollaganda, isitma ko`tarilganda bemorning umumiy holatiga yaxshi ta`sir ko`rsatib, ishtahani kuchaytiradi.

Nordon-sho`r ta`m

Bunday mahsulotlarni iste`mol qilish istagi tug`ilsa, bu kasallikdan to`la tuzalib ketmaganlik yoki oxirigacha davolanmaganlik, tanada zaharlanish sodir bo`lgani yoki hazm qilish tizimida “shlak”lar ko`payganidan darak. Nordon-sho`r narsa egingiz kelib qolsa, tanani sog`lomlashtirib, salomatlikni tiklash uchun muolajalar qilish darkor.

Garmdori

Shuncha garmdori qo`shsangiz ham ovqatga maza kirmayotgandek tuyulsa, demak, oshqozoningiz yalqov bo`lib qolibdi. U ovqatni sekin hazm qiladi. Achchiq ziravorlar esa taomning hazm bo`lishiga yordam beradi. Shuningdek, bu tanangizda modda almashinuvi buzilib, “yomon” xolesterin miqdori oshib ketganini ham bildiradi. Achchiq taom qonni suyultirib, yog`larni chiqarishga yordam beradi, tomirlarni “tozalaydi”. Ammo oshqozon shilliq pardasiga yaxshi ta`sir qilmaydi. Shuning uchun achchiq mahsulotni och qoringa eyishga shoshilmang.

Muzqaymoq

Muzqaymoqsiz hayotingizni tasavvur qila olmaysizmi? Demak, sizga kalsiy etishmaydi. Shuningdek, uglevodlar almashinuvi buzilgan, gipoglikemiya yoki qand kasalligi bilan og`riganlar ham muzqaymoqni yaxshi ko`rishadi. Ruhshunoslar fikricha, bolaligini sog`inayotganlarda ham muzqaymoqqa muhabbatni kuzatish mumkin.

Piyoz, sarimsoq, o`tkir ziravorlar

Nafas olish yo`li muammolari bo`lganlarda o`tkir ziravorlar eyish istagi tug`ilar ekan. Ko`nglingiz piyoz va sarimsoq piyoz istasa, ehtiyot bo`ling, yaqin kunlarda shamollab qolishingiz mumkin. Organizm piyoz va sarimsoq piyozdagi fitonsidlar yordamida o`zini turli infeksiyalardan muhofaza qilmoqchi.

“Pista chaqaman!”

Pista vitamin‑antioksidantlarga boy. Pista chaqqingiz kelayaptimi, demak, organizmingizga aynan mana shu vitaminlar etishmayapti.

Madina Isroilova tayyorladi

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1