1

Surxondaryoda tosh asrida ishlangan rasmlar bor

Moziydan sado 21.09.2018, 11:12
Surxondaryoda tosh asrida ishlangan rasmlar bor

Yodgorliklarni muhofaza qilish “qizil kitobi”ga kiritilgan bu rasmlar ibtidoiy san`atning noyob durdonasi sifatida dunyo olimlari, arxeologlar va rassomlarda katta qiziqish uyg`otib keladi. O`tmishdagi qoya san`atining nafis namunalariga Markaziy Osiyoning eng qadimgi rang tasvir rasmlaridan biri sifatida qaraladi.

Sherobod tumani Ko`hitang tog`lari bag`rida joylashgan Zarautsoy darasidagi ungir va kamar toshlarida 200 dan ortiq ana shunday rang tasvir san`ati namunalari saqlanib qolgan, deb yozmoqda O`zA.

Sokin darada toshlarga qizil oxra bilan o`yib, chizib ishlangan rasmlar kontur va soya uslubiga xosligidan beixtiyor hayratlanib, qadimgi sehrli ov marosimlariga, odamlarning didi va tasavvuriga qoyil qolasiz. Ularning itlar yordamida yovvoyi buqalarni ov qilish manzarasidan hayratlanasiz. Yovvoyi buqa, tulki, burama shoxli echki, jayron, tog` echkisi kabi hayvonlar, nayza, ukey, o`roqsimon va boshqa qurollar, niqoblangan odamlarning o`ziga xos hayotiy qilib tasvirlanganiga shohid bo`lasiz.

Go`zal va betakror yurtimizdagi bunday noyob yodgorliklarning tarifu tavsifini juda ko`p eshitgandan ko`ra, bir marta bo`lsa-da, ko`rish qiziq. Mabodo Surxondaryo taraflarga yo`lingiz tushib qolsa, Termiz shahridan yuz chaqirimcha masofadagi tog` qo`ynida joylashgan noyob san`at namunalarini tomosha qiling. Qadimdagi odamlarning aqlu zakovatidan zavq olib, yuksak rang-tasvir san`atiga o`zingiz baho bering.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1