Uztelecom “Night Unlim-27” xizmatini ishga tushirmoqda

Jamiyat 30.08.2018, 16:40
Uztelecom “Night Unlim-27” xizmatini ishga tushirmoqda

“O`zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi mustaqilligimizning 27 yilligi munosabati bilan Uztelecom “Night Unlim-27” xizmatini ishga tushirmoqda.

Uzonline faol abonentlari uchun 27 tun davomida cheksiz internet va 2 Mb/s tezlikda Tas-IX taqdim etiladi. Bu haqda kompaniya axborot xizmati ma`lumot berdi.

Mazkur xizmat 2018 yil 27-avgustdan 22-sentyabrgacha 00:00 dan 12:00 gacha amal qiladi. Aksiya faqat jismoniy shaxslar uchun. “Night Unlim-27” xizmatining barcha qo`shimcha shartlari “Night Unlim” xizmati shartlariga muvofiq amal qilinadi.

“Night Unlim-27” xizmatini to`g`ri tarifikasiya qilish va tezligini o`zgartirish uchun joriy sessiyani to`xtatish zarur, yangisini esa 00:00 dan so`ng aktivlashtirish kerak bo`ladi.

Shuningdek, kommutasiya tarmog`i yuklamasini kamaytirish, taqdim etilayotgan xizmatlarning sifatini ta`minlash maqsadida 2018 yil 1 sentyabrdan “O`zbektelekom“ AK GSM standartidagi “Yoshlar“ tarif rejasiga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritmoqda.

“Yoshlar“ tarif rejasi abonentlari o`rtasida kiritilgan daqiqalar miqdori oyiga 500 daqiqa, tarif rejasi doirasida kiritilgan limitdan ortiq chiqish qo`ng`iroqlari 25 so`m etib belgilanadi.

Ushbu tarif rejasiga faqatgina Uztelecom savdo ofislarida ulanish mumkin.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1