1

Endilikda xalqimiz davlatning moliyaviy manbalarini boshqarishda ham ishtirok etadi (video)

Jamiyat 24.08.2018, 10:16
Endilikda xalqimiz davlatning moliyaviy manbalarini boshqarishda ham ishtirok etadi (video)

Ochiqlik va oshkoralik. Shaffoflik. So`nggi ikki yil ichida bu tamoyillar O`zbekistonda olib borilayotgan xalqchil siyosatning asosiga aylandi...

Bu tezkor jarayonda turli sohalar va davlat idoralari o`z faoliyatlarini xalq bilan muhokama qilib, yurtdoshlarimizning fikrlari asosida shakllantirayotganining guvohimiz. Qonun, kodeks, qarorlar bo`ladimi, undagi masalalar, yangiligu-o`zgarishlar obdon xalq elagidan o`tib, foyda va ziyoni hisob kitob qilinib, tarozining pallasi kerak, degan tomonga bosgandagina qabul qilishga qaror qilinmoqda. Nega? Sababi oddiy. Barcha ishimiz ochiq va oshkora bo`lgandagina bizga, qilayotgan ishimizga ishonch paydo bo`ladi. Korrupsiyaning oldi olinadi. Xorijdagi hamkor bo`laman degan sarmoyadorlar ham hech ikkilanmay biz bilan aloqa o`rnatishga harakat qiladi.

Bunday ochiqlik va shaffoflik moliyaviy masalalarda bo`lsa, avvalo, davlatning pulini qaerga va qay maqsadda sarflanayotgani-yu, uning hisobiga bajarilgan ishlarning sifati haqida xabardor bo`lib borish imkoni tug`iladi. Buni oddiy til bilan aytganda, xalq nazorati deyiladi. Birgina davlat byudjetini olaylik. Yashirib nima qildik. Avvallari uning ochiqligi, daromadlar va xarajatlarning aniq-tiniq harakati haqida hattoki parlamentda o`tirganlar ham batafsil qiziqmasdi. Jamoatchilik esa bundan mutlaqo bexabar edi. Davlatniki u yoqda tursin, mahalliy byudjetlarning mablag`lari qaerga, nimaga sarflanayotganini bilmasdik. Alal-oqibat bu yashirin amaliyot byudjet mablag`larini sarflanishida korrupsiya holatlariga ham yo`l ochib bergani ko`pchilik uchun sir emas. Xorijdagi investorlar esa byudjetimizning kirdi-chiqdisi haqida ma`lumot ololmagandan iqtisodiyotimizning barqarorligiga shubha bilan qarab kelardi. Oqibatda sarmoya kiritishga ko`pam shoshilmasdi.

Shu bois ham, Davlat rahbari mazkur muammolarni to`liq bartaraf etish maqsadida “Byudjet ma`lumotlarini ochiqligini va byudjet jarayonida fuqarolarning ishtirokini ta`minlash chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarorni imzoladi.

Bosh prokuratura huzuridagi Axborot-tahlil multimedia markazining navbatdagi sharhi ana shu haqida.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1