1

Alisher Usmonov metallurgiya zavodiga investisiya kiritdi

Jamiyat 22.08.2018, 21:28
Alisher Usmonov metallurgiya zavodiga investisiya kiritdi

“Toshkent metallurgiya zavodi” xorijiy korxonasini qurish ishlari O`zbekiston tiklanish va taraqqiyot jamg`armasi bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.

Qurilishiga 2017 yilda asos solingan va 2019 yilda to`liq ishga tushishi kutilayotgan loyihaning umumiy qiymati 286,7 million evroga teng. Zavodning quvvati yiliga 500 ming tonna mahsulot ishlab chiqarishni tashkil etadi, deb yozmoqda O`zA.

Davlatimiz rahbari tamal toshini qo`ygan zavodning joylashgan er maydoni qariyb 50 gektar bo`lib, 36 gektardan ko`proq maydonda o`ttizga yaqin bino va inshooatlar qurilishi mo`ljallanmoqda. Hozircha 700 ish o`rni bo`ladi. Keyinchalik ishlab chiqarishning ortishi bilan qo`shimcha yangi ish o`rinlari yaratilishi ma`lum qilinmoqda.

Qayd etish joizki, MDH va xorijda so`nggi o`n yil davomida jahonda etakchi ishlab chiqaruvchilar tajribasi va texnologiyasi asosida bu kabi metall mahsulotlari ishlab chiqarishning barcha bosqichlarini o`z ichiga olgan investisiyaviy loyihaga hali hanuz qo`l urilmagan.

Korxonada avtomobillarga kuzov ishlab chiqarish uchun metall listlar, qurilishda ishlatiladigan turli metall cherepisalar, profnastil hamda maishiy texnikalar uchun metall listlar tayyorlanadi. Ishlab chiqarilgan mahsulotlarning 80 foizi ichki, 20 foizi esa tashqi bozorga yo`naltiriladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1