«Dizayn» jamoasining lisenziyasi bekor qilindi

Shou-biznes 12.08.2018, 18:10
«Dizayn» jamoasining lisenziyasi bekor qilindi

«O`zbekkonsert» davlat muassasasi «Dizayn» jamoasiga berilgan lisensziyani bekor qildi.

«Dizayn» jamoasi bilan tuzilgan lisenziya bitimlarining talablar va shartlar qo`pol ravishda buzilgani, ya`ni milliy urf-odatlarimiz va odob-axloq qoidalariga to`g`ri kelmaydigan, ma`naviy qadriyatlarimizga mutlaqo yot bo`lgan nomunosib harakatlar orqali qiziqchilik san`atini beobro` etib, san`atkor odobiga rioya etmaganligi uchun «Faoliyatning ayrim turlarini lisenziyalash to`g`risida»gi O`zbekiston Respublikasi qonunining 23-moddasi hamda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 9 dekabrdagi 354-son qarorining 1-ilovasi bilan tasdiqlangan Nizomning 37-bandiga asosan jamoaga berilgan AY-0035 con lisenziya 2018 yil 11 avgust kunidan bekor qilinadi», deyiladi xabarda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1