1

Uzoq vaqt uxlash hayot uchun xavfli deb topildi

Salomatlik 09.08.2018, 15:52
Uzoq vaqt uxlash hayot uchun xavfli deb topildi

Tavsiya etilgan 7-8 soatdan ko`p uxlash bevaqt o`lim xavfini oshirar ekan. Buyuk Britaniyaning Kil universiteti olimlari ana shunday xulosaga keldi.

Mutaxassislar uch milliondan ortiq kishi ishtirok etgan 74 ta tadqiqotdan olingan ma`lumotlarni tahlil qilib chiqishdi. Ma`lum bo`lishicha, kuniga 10 soatdan ziyod uxlaydiganlarda bevaqt o`lim xavfi qariyb 8 soat uxlaydiganlarga nisbatan 30 foiz ko`p ekanligi aniqlandi.

O`n soatlik uyqu insultdan o`lish xatarini 56 foiz, yurak-qon tomir kasalliklardan vafot etish xavfini 49 foiz oshiradi. Sifatsiz uyqu yurak etishmovchiligini 44 foizga ko`paytirar ekan.

Uyqu uchun belgilangan normaga rioya etmaslik yurak kasalliklari rivojlanishini ham oshiradi. Olimlar shifokorlarga bemorlar bilan konsultasiya jarayonida ularning uyqu sifati hamda soatlar soniga ko`proq e`tibor berishlarini tavsiya qildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1