1

Yulduz Usmonova bildirilgan tanqidlarga javob berdi (video)

Shou-biznes 02.08.2018, 11:48
Yulduz Usmonova bildirilgan tanqidlarga javob berdi (video)

O`zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova internetda qizg`in muhokama qilingan videorolikga bildirilgan tanqidlarga javob berdi. Hayotdan mamnun bo`lishni o`rganish kerakligini alohida ta`kidlab o`tdi primadonna.

“Hayotdan mamnun bo`linglar. Bunchalik agresiv, negativ bo`lish kerak emas. Opamni achig`i keladi deb o`ylamanglar. Men hammalaringni baribir yaxshi ko`raman. Sizlar uchun "Kiki"ni o`ynab yuraveramiz. Bilgan bo`lsalaringiz, o`rik oldida ham o`yinga tushganmiz, shunda ham kayfiyatimiz yaxshi edi. O`sha "Kiki"ni o`ynagan kunimiz ham, to`ylarni chiroyli o`tkazib, zo`r bo`lgani uchun kayfiyat yaxshi edi. Hamisha sizlar uchun o`yinga tushib yuraylik”.

Eslatib o`tamiz, O`zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova mashina oldida raqs tushgan videorolik internetda yashin tezligida tarqaldi. Unda san`atkor oxirgi payt trend bo`layotgan "Kiki Challange" raqsini ijro etgan.

Shuningdek, kecha Yulduz Usmonovaning qizi Nilufar Usmonova beshinchi bor ona bo`ldi.


Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1