1

Urganchdagi 3 ming so`mlik guruch Mirobod dehqon bozorida 12000 so`m

Jamiyat 30.07.2018, 14:22
Urganchdagi 3 ming so`mlik guruch Mirobod dehqon bozorida 12000 so`m

O`zbekiston Iste`molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federasiyasi mamlakatimiz bozorlaridagi oziq-ovqat mahsulotlarining yangi narx-navolarni e`lon qildi, deb yozmoqda O`zA.

Ma`lumki, Federasiya onlayn tarzda mamlakatimiz bozorlarda sotilayotgan mahsulotlarni tahlil qilmoqda. Shu nuqtai nazardan, mazkur ma`lumotlar ishonchli manbalar asosida tuzilgan, deyish mumkin.

Shakarning bir kilogrammi bozorlada 5500-4500 so`mdan sotilmoqda. Eng qimmati – Yangi shahar (Andijon), Jizzax shahar markaziy dehqon bozorlarida bo`lsa, Qo`yliq, Farhod dehqon bozorlari (Toshkent) arzon narxlar qayd etilgan.

O`simlik yog`ining bir kilogrammi 8-12 ming so`m. Arzoni Nukus, Termiz shahar markaziy dehqon bozorlarida bo`lsa, Jizzax va poytaxtimizdagi Farhod dehqon bozorlarida qimmat narxlar kuzatilgan.

Birinchi navli un 1500-4000 so`mgacha sotilmoqda. Termiz shahar markaziy dehqon bozorida 1500, Yangi shahar bozorida 3500, Chorsu dehqon bozorida 4 ming so`m.

Makaron 1,500-6000 so`mgacha. Jizzax va Buxoro shahar markaziy dehqon bozorlarida 6 ming so`m. Namangan shahri Sardoba dehqon bozorida 2700 so`m, Yangi shahar (Andijon) dehqon bozorida 1,500 so`m.

Tovuq go`shti 8-19 ming so`m. Eng qimmati Yangi shahar bozorida (Andijon), Mirobod va Yunusobod (Toshkent shahri) dehqon bozorlarida 19 ming so`m. Buxoro shahar markaziy dehqon bozorida 8 ming so`m.

Tuxum 200-650. Toshkent shahri bozorlari – Mirobod dehqon bozorida 650 so`m, Yunusobodda 600 so`m. Qo`yliqda 200 so`m.

Guruch 3 – 12 ming so`m. Urganch (Xorazm) va Farhod (Toshkent) dehqon bozorlarida eng arzoni – 3000 –3300 so`mgacha. Eng qimmatlari Nukus shahar markaziy bozori va Mirobod dehqon bozorida – 12000 so`m.

Kartoshka 700 – 3000 so`m. Termiz shahar va “Siyob” (Samarqand) bozorlarida eng arzoni bo`lsa, Guliston shahri markaziy dehqon bozori va Farhod (Toshkent shahri) dehqon bozorida qimmat narxlar qayd etilmoqda.

Piyoz 450-2000 so`m. Nukus shahar markaziy dehqon bozorida eng yuqori narxda sotilayotgan bo`lsa, Yunusobod va Qo`yliq (Toshkent shahri) dehqon bozorlarida arzon narxlarda xaridorlarga etkazib berilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1