1

Tadbirkorlar faoliyati behuda tekshirilishiga yo`l qo`yilmaydi

Jamiyat 28.07.2018, 20:52
Tadbirkorlar faoliyati behuda tekshirilishiga yo`l qo`yilmaydi

Bosh prokuratura tadbirkorlar faoliyatida o`tkazilayotgan tekshirishlarni muvofiqlashtiradi. Bu haqda O`zA xabar berdi.

Prezidentning 2018 yil 27 iyuldagi “Tadbirkorlik sub`ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Farmoniga muvofiq 2018 yil 1 sentyabrdan:

• tadbirkorlik sub`ektlarining moliya-xo`jalik faoliyati bilan bog`liq bo`lmagan rejali tekshiruvlar hamda nazorat tartibidagi tekshiruvlar bekor qilinadi;
• tadbirkorlarni tekshirish tashabbusi bilan chiqish “xavfni tahlil etish” tizimi natijalari asosida amalga oshiriladi;
• Bosh prokuratura tadbirkorlar faoliyatida o`tkaziladigan tekshiruvlarni muvofiqlashtiradi;
• barcha tekshiruvlar Tekshiruvlarni elektron ro`yxatga olish yagona tizimida ro`yxatga olinadi;
• tekshiruvlarni elektron ro`yxatga olish yagona tizimida ro`yxatga olinmagan tekshiruvlar noqonuniy hisoblanadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1