1

Farangizning o`limidan uch daqiqa oldingi surat...

Shou-biznes 27.07.2018, 09:10
Teglar: Foto
Farangizning o`limidan uch daqiqa oldingi surat...

Oyijon” filmidagi bosh rol ijrochisi, aktrisa Fotima Rejametovaning qizi Farangiz Rejametova (Jamolxonova) 20 iyul kuni YTH oqibatida vafot etgani haqida xabar bergan edik…

San`at olami va umuman ko`pchilikni larzaga solgan bu baxtsiz voqeani eshitish qanchalik og`ir bo`lmasin, biz voqea joyida guvoh bo`lgan Farangiz hayotining so`nggi daqiqalarida yonida turgan dugonalari bilan bog`lanishga, sodir bo`lgan voqeani o`zlaridan eshitishga jazm qildik.

Dilnoza Bobomirzaeva: — Farangiz bilan kursdosh bo`lganmiz. Huddi opa-singildik edik. Nimani o`ylasa yoki siqilsa doim bo`lishardi, sirlashardik.

May oyida dadasining o`limidan so`ng Farngiz o`zini yo`qotib, ko`ngli kemtikib yurardi. O`limidan bir hafta oldin esa uyiga bordim. Yarim tungacha mazza qilib suhbatlashib, kulishib o`tirdik. Ertasi kuni haydovchilik guvohnomasini olish uchun imtixonga tayyorlandi. Ammo ming afsus, o`sha guvohnomani qo`liga olish o`ziga nasib etmabdi (yig`laydi)...

Nargiza Bobomurodova: — Bilasizmi, Farangiz istirohat bog`ini juda yaxshi ko`rardi. Hayotining so`nggi kunlarida ham “Ketdik parkka, yuringlar aylanib kelamiz” deb ko`p gapirgandi.O`sha mudhish kun besh dugona yig`ilib, Mirzo Ulug`bek bog`iga bordik. Lekin u hech qaysi attraksionda uchmadi. Faqat sayr qildi va uni o`sha holat qoniqtirayotganini sezardik. Bog`dan chiqib, ovqatlanishga yo`l olgandabog` yaqinidagi piyodalaro`tish yo`lakchasida... undan ayrilib qoldik (yig`ladi)...

Dilnoza Bobomirzaeva: — Men va ikki qiz orqada, Farangiz esa Moxiniso bilan bizdan oldinroqda ketishayotgandi. (Bog`dan chiqqan boshqa ko`pchilik odamlar ham ana shu yo`lni kesib o`tayotgandi) Dugonamizdan yarim qadamgina oldinda qadam tashlab yurgan farishta Farangizni aynan o`sha qora mashina urib ketti.

Nargiza Bobomurodova: — (Xo`rsinib yig`lab) Bugun o`sha holatni ko`z oldimdan umuman ketmayapti. Farangiz katta tezlikda kelayotgan mashinaning zarbidan shu qadar yuqoriga uchib ketdiki... Erga ikki uch marta dumalab tushdi. Boshidan juda ko`p qon oqardi. Tez yordamga qo`ng`iroq qildik, ammo ularning vaqtida kelolmaganidan, o`sha erda yo`l harakatini nazorat qilib turgan milisiya hodimi, Farangizni urib ketgan mashina egasiga aytib, bizni shifoxonaga yubordi. Farangizni Dilnoza bilan birga olib ketdik. Birinchi Tibbiyot Akademiyasiga borganimizda shifokorlar dugonamizni vafot etganini ma`lum qilishdi.

Dilnoza Bobomirzaeva: — Bilasizmi, yo`lda ketayotganimizda Farangizni yuragi urib turganini sezgandim. Ammo shifokorlarning aytishicha, miyaga tekkan qattiq zarb uning hayotiga nuqta qo`ygan ekan. Tasavvur qiling, jism o`lgan, ammo yurak urib turibdi... (yig`lab) Bu ham bejizga emas. Chunki Farangiz hayotni sevar, har bir kunidan zavq olib yashashni istardi. Farishtadek beozor, beg`ubor qiz edi. Uning bir olam orzulari bor edi, afsus...

21 iyul kuni soat 13:00da Farangizimizni so`nggi yo`lga kuzatdik. O`sha kundan beri uni xonadonidamiz. Fotima opaning yonida dalda bo`lib turishga harakat qilyapmiz. Zero, bu fojeada onaning qalbi kabi azobda qiynalayotgan, dard chekayotgan inson bo`lmasa kerak.


Ma`lumot uchun:

  • Farangiz Rejametova1993 yil 7 aprel Toshkentda tug`ilgan.
  • 2016 yilda O`zbekiston Davlat Jahon tillari universitetining jurnalistika bo`limini tamomlagan.
  • Aktrisalik faoliyatini “Oyijon” filmida boshlagan.

Biz tahririyatimiz nomidan, yana bir karra O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Fotima Rejametova oilasiga chuqur hamdardligimizni bildirib qolamiz. 25 yoshida bu foniy dunyoni tark etgan Farangiz Rejametovaning joyi jannatda bo`lsin...

Sharhlar

U nega qamalganini ochiqladi

01.04.2024, 16:31

Ijtimoiy tarmoqlarda Solixon domla nomi bilan tanilgan Solixon Ortiqxo`jaev 15 sutkaga qamaldi. Bu haqda Toshkent shahar sudlari Darakchi.uz ga xabar berdi.2024 yil 30 mart Toshkent...
Pedagoglarni 3 yil kuttirgan qonun nihoyat imzolandi

21.02.2024, 17:28

Xabaringiz bor, 2024 yil 1 fevral kuni “Pedagogning maqomi to`g`risida”gi Qonun imzolandi. Undagi pedagoglar uchun eng asosiy o`zgarishlardan biri – endi maktabga yangi ishga kirgan...
⚡️iPhone 16 ko`rinishi e`lon qilindi

13.02.2024, 09:36

Tvitterda Majin Bu taxallusi ostida yashiringan taniqli Apple insayderi yangi avlod iPhonelari haqida yangi ma`lumotlar bilan bo`lishdi. Insayder xabaridan ma`lum bo`lishicha, kompaniya bir vaqtning o`zida...
Vayron bo`lgan uylar, jarohat olgan odamlar va ularga yordam berayotgan xodimlar… Sergelida otgan mash`um tong (fotojamlanma)

29.09.2023, 00:10

Bugun, 28 sentyabr kuni soat 02:43 da Toshkent shahar Sergeli tumani "Quruvchilar" dahasida joylashgan omborxonalarning birida kuchli chaqnash oqibatida yong`in sodir bo`lgani haqida xabar bergan...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1