1

Yulduz Usmonovaning Namangan va Bekoboddagi konsertlari nega qoldirildi?

Shou-biznes 26.07.2018, 08:56
Yulduz Usmonovaning Namangan va Bekoboddagi konsertlari nega qoldirildi?

O`zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonovaning 22 iyul kuni Namangan shahrida, 23 iyul kuni Bekobod shahrida o`tkazilishi rejalashtirilgan konsertlari qoldirilgan edi. Konsert dasturlarining qoldirilish sabablari haqida Yulduz Usmonovaning prodyuseri Mansur Agaliev «Daryo» internet nashriga bergan qisqa intervyusida gapirib berdi:

"Yulduz Usmonovaning butun respublikamiz bo`ylab o`tkazilayotgan gastrol konsert dasturlari a`lo darajada davom etayotgan edi. Ammo Surxondaryo viloyati hamda Farg`ona viloyatida bo`lib o`tgan konsert dasturlari vaqtida havo juda ham isib ketishi natijasida noxush voqealar yuz berdi.

Ayniqsa Farg`ona viloyatida havoning nihoyatda issiqligi sabab, konsert vaqtida 10 ga yaqin muxlis hushidan ketib qoldi. Shunday ko`ngilsizliklar takrorlanishining oldini olish maqsadida 22 iyul kuni Namangan shahrida, 23 iyul kuni Bekobod shahrida bo`lib o`tishi rejalashtirilgan konsertlarni boshqa kunlarga qoldirildi.

Namangan viloyati «Navbahor» stadionida bo`lib o`tishi rejalashtirilgan konsert dasturiga 10 mingdan ortiq bilet sotilgan ekan, ko`pchilik biletga kuyib qoldim deya noto`g`ri tushunchaga bormoqda. Biz qoldirilgan konsert dasturlari o`rniga 2 sentyabr kuni Namangan viloyati «Navbahor» stadionida, 3 sentyabr kuni Bekobod tumanidagi «Metallurg» stadionida konsert taqdim etamiz. Ortiqcha xavotirga o`rin yo`q".

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1