1

Uzcard xaridni bekor qilib pulni kartaga qaytarish funksiyasini ishga tushirdi

Jamiyat 19.07.2018, 14:32
Uzcard xaridni bekor qilib pulni kartaga qaytarish funksiyasini ishga tushirdi

UzCard terminallari xaridni bekor qilib pulni kartaga qaytarish imkoniga ega bo`ldi, deb xabar qilmoqda Yagona prosessing markazi.

Markaz mutaxassilari tomonidan ishlab chiqilgan yangi dastur barcha POS terminallarda “Tranzaksiyani bekor qilish” funksiyasini ishga tushiradi. Uning yordamida terminalda amalga oshirilgan xato tranzaksiyalarni hamda iste`molchi mahsulotni qaytarilganda, to`lovlarni bekor qilish imkoni paydo bo`ldi.

Uzcard kartalari uchun “Tranzaksiyani bekor qilish” operasiyasidan xarid amalga oshirilgan vaqtdan boshlab kun oxirigacha amalga oshirilishi mumkin.

UnionPay va MasterCard xalqaro plastik kartalar uchun esa, “Tranzaksiyani bekor qilish” operasiyasi “Hisob-kitobni tekshirish” funksiyasi amalga oshirilguniga qadar, ya`ni soat 16:00gacha amalga oshirilishi mumkin.

To`lovni bekor qilish uchun chek kerak bo`ladi. Mablag`lar kartaga shu zahotiyoq qaytariladi.

Yangi dasturni o`rnatish uchun savdo nuqtasi vakillari o`z banklariga murojaat qilishlari kerak bo`ladi. U erda yangi dastur bir necha daqiqa ichida o`rnatib beriladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1