1

Bank-moliya akademiyasi magistraturasiga kimlar qabul qilinadi?

Jamiyat 19.07.2018, 14:12
Bank-moliya akademiyasi magistraturasiga kimlar qabul qilinadi?

Joriy o`quv yili uchun Bank-moliya akademiyasi magistraturasiga 10 ta mutaxassislikka jami 200 nafar tinglovchi qabul qilinadi.

O`zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi magistraturasiga qabul to`g`risidagi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqida Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanalida xabar berilmoqda.

Qarorga muvofiq, joriy o`quv yili uchun 10 ta mutaxassislikka jami 200 ta tinglovchi qabul qilinadi.

Qabul kvotalarining 65 tasi davlat granti asosida, 135 tasi esa to`lov-kontrakt asosida qabul qilinishi belgilab berildi.

Eng ko`p tinglovchi “Tijorat banklarini boshqarish” mutaxassisligiga (45 ta) qabul qilinsa, “Sug`urta kompaniyalarini boshqarish” mutaxassisligiga faqat to`lov-kontrakt asosida qabul qilinadi.

Eslatib o`tamiz, Akademiya magistraturasiga iqtisod sohasida bakalavr darajasiga ega bo`lgan, yoshi 35 dan oshmagan nomzodlar vazirliklar va boshqa tashkilotlar rahbarlarining yo`llanmalari asosida qabul qilinadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1