1

Internet-do`kon va elektron savdo maydonchalari orqali savdoda engillik yaratildi

Jamiyat 16.07.2018, 11:45
Internet-do`kon va elektron savdo maydonchalari orqali savdoda engillik yaratildi

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga qo`shimchalar kiritish to`g`risidagi Farmoni qabul qilindi.

Bu haqda Adliya vazirligining telegramdagi “Huquqiy axborot” kanalida ma`lumot berildi.

Farmonga muvofiq endilikda:

elektron tijorat orqali sotilgan qiymati uch ming AQSh dollarigacha bo`lgan tovarlar (xizmatlar) eksporti Tashqi savdo operasiyalarining yagona elektron axborot tizimida monitoringdan o`tkazilmaydi;

tijorat banklariga qo`yilgan to`lovlarning uchinchi shaxslar hisobidan undirilishiga yo`l qo`ymaslik bo`yicha talab, tovarlarni (xizmatlarni) elektron tijorat orqali realizasiya qilish holatlariga tatbiq etilmaydi;

tovar va xizmatlarni internet-do`kon va elektron savdo maydonchalari orqali sotuvchi shaxslar o`z faoliyatlarini elektron chek yoki haq olinganligini tasdiqlovchi boshqa hujjat yuborishni ta`minlaydigan virtual terminallarni (E-POS) qo`llagan holda amalga oshirish huquqiga ega.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1